Texas Machine Gun & Ordnance kompaniyasi AQŞning qurol haqidagi Milliy qonuni (National Firearm Act) uning raketalar işlab çiqariş imkonini çeklaşidan norozi bölmoqda, deb xabar bermoqda Guns.com.

Kompaniya ötgan dam oliş kunlari “Men raketaçiman” nomli jangovar raketani röyxatdan ötkazişi haqida ma'lum qildi.

"Biz qonuniy asosda raketalarni işlab çiqarişimiz mumkin emas ekan, raketa modelini haqiqiy jangovar raketaga aylantirişga qaror qildik", - deyiladi qölbola bombalar sotiş bilan maşhur bölib ketgan kompaniya bayonotida. 

"Ayni damda modelda jangovar qism yöq, biroq uni işga tuşiriş uçun ikki-uç oy vaqt qoldi. Kompaniya oğirlik, hajm va dvigatel turlari borasidagi işlarni oxiriga yetkazişi zarur. Eng asosiysi – Federal aviatsiya hukumati bilan raketalarni işga tuşiriş böyiça talablar yuzasidan bir qarorga kelib oliş. Tajribalarni yakunlaganimizdan söng bizda qonuniy tarzda röyxatdan ötgan raketa 100 foizga tayyor böladi", - deya qöşimça qilgan kompaniya vakili.