Qaşqadaryo viloyatida kuz-qiş mavsumida aholi, korxona va taşkilotlarning kömir mahsulotiga bölgan ehtiyojini ta'minlaş uçun puxta tayyorgarlik körildi. Viloyat xalq ta'limi, soğliqni saqlaş, örta maxsus, kasb-hunar ta'limi boşqarmalariga 24 ming 927 tonna kömir yetkazib berildi, deb xabar qilmoqda ÖzA axborot agentligi. 9 ming tonnadan ziyod kömir aholiga arzon narxlarda sotilgan. Yana şunça miqdordagi mahsulot mavsum uçun omborlarga jamğarilgan. 

“Özbekkömir” aksiyadorlik jamiyatiga qaraşli “Qaşqadaryo hududiy kömir yetkazuvçi” unitar korxonasining viloyat şahar va tumanlardagi olti şoxobçasi faoliyat yuritayotgani joylarda aholining arzon va sifatli kömir mahsulotiga bölgan ehtiyojini ta'minlaşda yaxşi samara bermoqda. Şoxobçalarda kömir briketini sotiş ham yölga qöyilgan. 

Özbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2015 yil 2 iyuldagi “Respublikada kömir briketlari işlab çiqariş va sotişni kompleks taşkil etişga doir qöşimça çora-tadbirlar töğrisida”gi qarori viloyatda kömir briketi işlab çiqarişga ixtisoslaşgan sanoat korxonalari köpayişi, içki bozorni sifatli va raqobatbardoş mahsulotlar bilan töldirişda muhim omil bölmoqda. 

Kömir briketi taşiş, saqlaş va foydalanişda juda qulay. Oddiy kömir va boşqa qattiq yoqilğiga nisbatan uzoq yonişi, tarkibida zararli moddalar kamligi, yonib bölgandan keyin ham özining birlamçi şaklini yöqotmasligi va boşqa afzalliklari bilan ajralib turadi. 

Kömir briketi yetkazib beriş bilan şuğullanayotgan tadbirkorlarga bir qator imtiyoz va qulayliklar yaratilgan. Jumladan, bunday korxonalar endi xomaşyoni birja orqali emas, balki “Özbekkömir” aksiyadorlik jamiyati bilan tuzilgan töğridan-töğri şartnoma asosida xarid qilmoqda. Aholi va taşkilotlarga yetkazib berilayotgan kömir briketining sifati doimiy nazoratda. 

Ayni paytda viloyatda önga yaqin korxonada kömir briketi işlab çiqarilmoqda. Şahrisabz tumanidagi “Şamaton Brok Treyd”, “Nurov Bahodir Toşkanoviç” xususiy korxonalari, “Allong Forward” mas'uliyati çeklangan jamiyati, Qarşi tumanidagi “FAR TIM GOLD”, Qarşi şahridagi “Zamon kömir briket” mas'uliyati çeklangan jamiyatlari kabi korxonalar şular jumlasidandir. Uşbu korxonalarda kuniga ön tonnadan ziyod briket işlab çiqarilmoqda.

Surxondaryodan maktub: “Odamlar çiroqsiz yaşaşga mahkummi?”