Jahon banki maʼlumotlari asosida tayyorlanib, Voronoi platformasida eʼlon qilingan infografika dunyo aholisi 65 yil içida qanday özgarganini körsatadi. Unda sayyoraning yetti mintaqasi böyiça 1960 va 2025-yillardagi körsatkiçlar soliştirilgan.
Infografikadagi har bir nuqta 10 million kişini ifodalaydi. Kulrang nuqtalar 1960-yildagi aholi sonini, rangli nuqtalar esa 2025-yilgaça unga qança aholi qöşilganini körsatadi. Tasvirni soddalaştiriş uçun körsatkiçlar 10 milliongaça yaxlitlangan.
Jami hisobda dunyo aholisi şu davrda taxminan 2,7 baravar köpaygan. Boşqaça aytganda, sayyorada yaşovçilar soniga 5,2 milliardga yaqin kişi qöşilgan.
Eng katta nisbiy ösiş Sahroi Kabirdan janubdagi Afrikada kuzatilgan. 1960-yilda bu hududda qariyb 228 million kişi yaşagan bölsa, 2025-yilga kelib ularning soni 1,32 milliardga yetgan. Bu 5,8 baravar ösiş degani. Mintaqa aholisi 65 yilda bir milliarddan ziyodga köpaygan.
Keyingi örinda Şimoliy Afrika va Yaqin Şarqni, şuningdek, Afğoniston hamda Pokistonni qamrab olgan guruh turadi. Bu mamlakatlarning jami aholisi 158 milliondan 828 millionga yetgan - ösiş taxminan 5,2 baravarni taşkil qilgan.
Bu yerda mintaqalar qanday guruhlanganiga eʼtibor beriş kerak. Jahon banki 2025-yil 1-iyuldan Afğoniston va Pokistonni Janubiy Osiyo guruhidan Şimoliy Afrika va Yaqin Şarq guruhiga ötkazgan. Taqqoslaş izçil bölişi uçun avvalgi yillarning mintaqaviy körsatkiçlari ham şu tasnif böyiça qayta hisoblangan.
Janubiy Osiyoda aholi soni 508 milliondan qariyb 1,69 milliardga yetgan. Infografikaga ilova qilingan maʼlumotlarda aynan şu raqam keltirilgan. Demak, mintaqa aholisi 65 yilda taxminan 1,18 milliardga yoki 3,3 baravarga köpaygan. Bu hisobga Afğoniston va Pokiston kirmaydi.
Lotin Amerikasi va Karib havzasi mamlakatlarida ham sezilarli ösiş kuzatilgan. Bu yerda yaşovçilar soni 219 milliondan 667 millionga yetgan. Yaʼni mintaqa aholisi qariyb uç baravar köpayib, unga 448 million kişi qöşilgan.
Aholi soniga qöşilgan odamlar miqdori böyiça eng katta ösiş Şarqiy Osiyo va Tinç okeani mintaqasida qayd etilgan. 1960-yilda bu hududda 1,04 milliard kişi yaşagan bölsa, 2025-yilga kelib körsatkiç 2,39 milliardga yetgan. Farq - taxminan 1,35 milliard kişi.
Biroq mazkur mintaqa 1960-yildayoq dunyodagi eng köp aholi yaşaydigan hudud bölgan. Şu sababli qöşilgan aholi soni eng katta bölsa ham, nisbiy ösiş 2,3 baravarni taşkil etgan.












