Rossiya prezidenti Vladimir Putin Rossiya duşmanlari rejalarini tezkorlik bilan foş qiliş maxsus xizmatlar işida katta ahamiyatga ega ekanligini aytdi, deb xabar bermoqda RIA “Novosti” axborot agentligi.
"Rossiyaga qarşi istalgan duşmanlarça rejalarni ular qayerdan taralayotgan bölmasin, öz vaqtida foş qiliş juda muhim ahamiyatga ega. Şuningdek, oxirgi yillarda xorijiy razvedkalarga, siyosiy, harbiy, iqtisodiy va ilmiy xarakterdagi ma'lumotni qölga kiritmoqçi bölgan xizmatlarga qarşi kuraşişda erişilgan muvaffaqiyatlarni mustahkamlaş kerak", deb aytdi Putin Kremlda xavfsizlik organlari xodimlari bilan tantanali uçraşuvda.
Putin davlat xavfsizligi xodimlarini vazifalarni hal qilişda yangi salmoqli natijalarga erişişga çaqirdi. Uning aytişiça, Rossiya davlat xavfsizligi organlari jiddiy tezkor texnik imkoniyatlarga, yuqori malakali xodimlarga ega va yaxlit uyğunlaşgan jamoa kabi harakat qiladi.












