Ispaniya kubogining 1/16 finalidan örin olgan yana bir uçraşuv yakunlandi. «Barselona» 64 ming tomoşabin qarşisida «Erkules»ni qabul qildi.
Birinçi bölimning sönggi qismida ikkita töp kiritgan kataloniyaliklar, ikkinçi bölimda raqibni ayab ötirişmadi. Messi-Suares-Neymar uçligisiz harakat qilgan jamoada Arda Turon katta sahnaga çiqdi. Yarim soatda turk futbolçisi xet-trek qayd etgan bölsa, jamoaning yangi futbolçisi Pako Alkaser nihoyat rasmiy uçraşuvda ham «Barselona» safidagi golini kiritişga muvaffaq böldi.
7:0 hisobida yakunlangan öyin, ikki uçraşuv natijasiga köra 8:1 körinişini oldi va Luis Enrike şogirdlari yangi yilga qadar davom etadigan tanaffusga Ispaniya kubogining 1/8 final iştirokçisi sifatida çiqib ketadigan böldi.
Ispaniya kubogi, 1/16 final
Javob uçraşuvi
Barselona – Erkules 7:0 (2:0)
Gollar: Din (37), Rakitiç (45, penalti), Rafinya (50), Turon (55, 86, 89), Pako Alkaser (73).
Barselona: Sillessen, Aleiş Vidal, Umtiti, Din, Maskerano, Suares, Andre Gomeş, Rafinya, Rakitiç, Turon, Pako Alkaser.
Erkules: Riko, Roxas, Penya, Dalmau, Bueso (Maynts, 54), Minyano, Fernando, Xose Gaspar (Neto, 46), Çeçu, Çeka, Berrokal (Salinas, 69).
Ogohlantirişlar: Aleiş Vidal (42) - Penya (42).
Dastlabki uçraşuv: 1:1












