Janubiy Koreyaning eng yirik aviakompaniyasi Korean Air uçuvçilari 10 kunlik iş taşlaşni boşlaşdi. Aviataşuvçi vakillarining xabar qilişlariça, uşbu norozilik aksiyasi munosabati bilan 18ta parvoz, şu jumladan 4ta xalqaro reys bekor qilingan. 

"Kompaniya yölovçilarga yetkaziladigan noqulayliklarni kamaytirişga harakat qilmoqda", - deyiladi xabarda. Korean Air ma'lumotlariga köra, bekor qilingan xalqaro reyslardan ikkitasi Yaponiyaga bölib, biri Tokio, ikkinçisi Osaka şahriga amalga oşirilişi kerak bölgan. 

Korean Air uçuvçilarining sönggi 11 yildagi birinçi iş taşlaşi kasaba uyuşmasi vakillari va kompaniya rahbariyati örtasidagi maoşlarni 34 foizga oşiriş böyiça muzokaralar besamar yakunlanganidan söng boşlangan. 

Kasaba uyuşmasi, şuningdek, mehnat şaroitlari yaxşilanişini ham talab qilmoqda. Bu esa, aviataşuvlar xavfsizligini oşirişga yordam beradi. 

"Kompaniyada faoliyat yurituvçi 2,3 ming uçuvçidan 189 nafari iş taşlaşda qatnaşmoqda, - deyiladi kasaba uyuşmasi xabarida. – Bu yölovçilarga yetkaziladigan noqulayliklarni imkon qadar kamaytiriş hamda işni davom ettirayotgan uçuvçilarga qöşimça yuklama bermaslik imkonini beradi". Iş taşlaşlar 31 yanvargaça davom etişi rejalaştirilgan.