Afğoniston xavfsizlik kuçlari mamlakat şimoli-şarqidagi Boğlon viloyatida “Tolibon” radikal harakatining yetakçi qömondonlaridan birini yöq qildi. Bu haqda Sinxua agentligi xabar tarqatgan.
“Xavfsizlik kuçlari juma kuni ertalab Boğlon viloyatida maxsus amaliyotni amalga oşirişdi. Buning oqibatida “Tolibon”ning yetakçi qömondonlaridan biri Mulla Sibğatulloh öldirildi. Uning odamlari esa qoçib qolişgan. Tadbir razvedka ma'lumotlari asosida amalga oşirildi”, - deya xabar bergan afğon xavfsizlik kuçlari vakili agentlikka.
Ma'lumotlarga köra, Sibğatulloh bir neça yil davomida Boğlon viloyatida terrorçilik faoliyatini taşkil etiş bilan şuğullangan.












