DW’ning yozişiça, Fransiya içki işlar vaziri Loran Nunyes 2-noyabr kuni parlamentdagi çiqişida muzokaralar olib borilayotganini maʼlum qilgan.

«Biz mamlakatda noqonuniy turgan ayrim afğonlarni qaytariş imkoniyatiga erişişga harakat qilmoqdamiz. Gap texnik muhokamalar haqida ketmoqda», - deya vazirning sözlarini keltirgan AFP agentligi.

Nunyesning taʼkidlaşiça, Yevropaning boşqa davlatlari, jumladan, Germaniya ham toliblar bilan şunday aloqalarni saqlab turibdi.

Asosiy eʼtibor jinoyat uçun sudlanganlarni qaytarişga qaratilgan

Fransiya «Tolibon» 2021-yilda Afğonistonda hokimiyatni qayta egallaganidan keyin tuzilgan hukumatni rasman tan olmagan. Ikki tomon örtasida diplomatik munosabatlar ham mavjud emas.

Şunga qaramay, AFP maʼlumotiga köra, Fransiya afğon fuqarolarini vataniga qaytarişni tezlaştiriş tarafdori bölgan Yevropa Ittifoqining qariyb 20 davlati qatoriga kiradi. Ular orasida Germaniya, Belgiya va Şvetsiya ham bor.

Bu davlatlar, birinçi navbatda, jinoyat sodir etgani uçun sudlangan afğon fuqarolarini qaytarişga intilmoqda.

Nunyes Fransiyada bölib turgan ayrim afğonlar «jamoat tartibiga tahdid solişi mumkin»ligini aytgan. Şu sababli ularni deportatsiya qiliş hukumatning ustuvor vazifalaridan biri ekanini bildirgan.

Muxolifat toliblar bilan muloqotga qarşi çiqdi

Muzokaralar Fransiya muxolifatining tanqidiga sabab bölgan. «Ekologlar» partiyasi deputati Lea Balaj El-Mariki hukumatni toliblar bilan «diplomatik munosabatlarni normallaştiriş» jarayonini boşlaşda ayblagan.

Deputatning sözlariga köra, toliblar «gender aparteidi» siyosatini yuritib, insoniyatga qarşi jinoyatlar sodir etmoqda. U şunday hukumat bilan munosabatlarni normallaştirişga eʼtiroz bildirgan.

BMT majburiy qaytarişlarni töxtatişga çaqirgan

Sentabr oyida BMTning inson huquqlari böyiça oliy komissari Folker Tyurk odamlarni Afğonistonga majburan qaytarişni töxtatişga çaqirgan edi.