Xitoyning birinçi aviataşuvçi kemasi "Lyaonin" ikki haftada ikkinçi marta Sariq dengizdagi maşğulotlarda iştirok etdi, deb xabar bermoqda Xitoy mudofaa vazirligi. 

Vazirlik ma'lumotlariga köra, "Lyaonin" boşçiligidagi bir neçta harbiy kemalardan taşkil topgan aviataşuvçi zarba beruvçi guruh 23 dekabrda Sariq dengizning akvatoriyalaridan birida maşğulot ötkazdi. Maşğulotlar vaqtida guruh akvatoriyani kesib ötgan, "Tszyan-15" (J-15) qiruvçi samolyotlari esa maşğulot parvozlari bajargan.

Vazirlikda ta'kidlanişiça, Xitoy harbiy-dengiz kuçlarining maşğulotlari yillik rejaga binoan ötgan.  

Ötgan haftada "Lyaonin" Sariq dengizning şimoliy qismidagi Boxay  körfazida maşğulotda iştirok etgandi. Bu kema otiş bilan ötgan birinçi harbiy-dengiz maşğulotlar bölgan.

"Lyaonin" kemasi Ukrainadan 1998 yilda sotib olingan va oxirigaça qurib bitkazilmagan "Varyag" kreyseri negizida qurilgan. Uni aviataşuvçi kreyserga aylantiriş böyiça işlar Dalyan şahrida 2005 yilda boşlangan. Kema birinçi marta 2011 yil noyabrda sinovlardan ötkazilgan.