Toşkentda Mercedes rusumli yölovçi avtobusi iştirokida navbatdagi baxtsiz hodisa yuz berdi.
"Voditeli Taşkenta" guruhida yozilişiga köra, yonğin Toşkent metrosining "Habib Abdullayev" bekati yaqinida, Amir Temur şoh köçasi va Şahriston köçasi çorrahasidagi avtobus bekatida sodir bölgan.
91-yönalişda harakatlanayotgan Mercedes Benz Conecto avtobusining orqa qismidan avval quyuq qora tutun çiqqan, keyin olov paydo bölgan.

Yölovçilardan heç kim zarar körmagan. Öt öçiruvçilar yetib kelib, yonğinni öçirişgan.
Yonğinning kelib çiqişi sabablari va hodisaning boşqa tafsilotlari ma'lum emas.
Ma'lumot uçun, Toşkentda aynan Mercedes Benz Conecto rusumli yölovçi avtobuslarning yonişi holatlari tez-tez kuzatilib turadi.
Mavjud ma'lumotlarga köra, 2013 yil martidan 2016 yil qişigaça Toşkentda 14ta avtobus yonib ketgan. Şu yilning fevralida 2ta, iyul oyida yana 2ta, iyun va avgust oylarida esa yana bir martadan avtobus yonişi kuzatildi. Oxirgi marta 14 dekabr kuni yönalişdagi avtobuslardan biri alangalandi.
Bu yonğinlarda qurbonlar bölmagan. Yonğinlar haqidagi xabarlarda jabrlanuvçilar haqida axborot berilmagan.
Bunday hodisalar sababi sifatida — avtobuslarning konstruksiyaviy jihatdan mahalliy şaroitga moslaşmagani, sifatsiz ehtiyot qismlar işlatilişi, texnik xizmat sifati pastligi bölişi mumkinligi aytib kelinadi.
Oxirgi holat haqidagi xabarga ijtimoiy tarmoqlarda köplab norozilik fikrlari bildirilmoqda.
Uşbu holat qayta-qayta takrorlanayotganiga qaramay Toşkent şahar yölovçi transporti boşqaruvi tomonidan heç qanday amaliy qadamlar qöyilmayotganligi köpçilikning noroziligiga sabab bölmoqda.
"Avtobuslar keçikib kelib, möljallangan 60 kişi örniga 150 kişini tiqiştirib oladi. Buning natijasida motor zöriqib işlaydi. Agar avtobuslar vaqtida kelganda bunday muammo bölmasdi", — degan ijtimoiy tarmoq foydalanuvçilaridan biri.
Ijtimoiy tarmoqlardagilar poytaxt avtoparklarini yoppasiga tekşiruv vaqti kelganini aytişmoqda. Avtobuslarning texnik holatini, ularga texnik xizmat körsatiş sifatini, ehtiyot qismlar yetkazib beriş tizimi va avtoparklar faoliyatning boşqa jihatlarini sinçiklab tekşirib, mavjud bölgan kamçiliklarni bartaraf qiliş kerakligi aytilgan.












