Xitoyning Şandun viloyatidagi şosseda röy bergan birdaniga 13 ta yöl-transport hodisasi oqibatida kamida beş kişi halok böldi, 25 nafar inson jarohatlangan. Bu haqda «Sinxua» agentligi mahalliy hukumatga asosan xabar bermoqda.

Aniqlaştirilişiça, halokatlar Pekin-Şanxay avtomobil yölining Tsziyan aholi punkti yaqinidagi qismida röy bergan. Unga noqulay ob-havo şaroiti sabab bölgani aytilmoqda – bu vaqtda qor aralaş yomğir yoqqan.

Tört kişi voqea joyida halok böldi, yana bir nafar inson kasalxonada hayotdan köz yumgan. Jarohatlanganlarning ahvoli barqaror deb baholanmoqda, ularga barça kerakli yordam körsatilgan.

Voqea sabablari tekşirilmoqda.