AQŞning saylangan prezidenti Donald Tramp mamlakatning amaldagi rahbari Barak Obamaning hukumatni topşiriş jarayonidagi xatti-harakatlari borasida öz fikrlarini özgartirdi. U bu holat bir tekisda ötayotgani haqida ma'lum qildi, deb xabar beradi Assoşieyted Press.
Avvalroq, Tramp vazifasini tark etayotgan prezidenti Barak Obama hukumatni topşiriş jarayoni “silliq” ötişini ta'minlamayotgani haqida aytib, bu unga tösiqlar yaratayotganini ma'lum qilgandi. Bölajak prezident özining Twitter’dagi sahifasida “prezident O (Obama – tah.)ning köplab fitna keltirib çiqaruvçi bayonotlari va tösiqlariga e'tibor bermaslikka harakat qilayotgani” haqida yozdi.
Tramp keyinroq jurnalistlarning bu boradagi savollariga javob berarkan: “Öylaşimça, juda, juda ham silliq. Juda yaxşi. Siz bunday deb hisoblamaysizmi?”, deya aytib ötdi.
Ma'lumot uçun, demokrat Obama respublikaçi Trampni saylovoldi kampaniyasi davomida jiddiy tanqid ostiga oldi. Biroq milliarderning saylanganidan keyin unga hukumatni topşirişda yordam körsatişini va'da qildi. Oq uyning xabar qilişiça, Obama va Tramp Oq uyda noyabr oyida bölib ötgan uçraşuvdan taşqari, bir neça bora telefon orqali muzokaralar ötkazişgan.












