Ukraina prezidenti Petro Poroşenko mamlakatning Soliq kodeksiga özgartiriş kiritişga doir qonunni imzoladi. Bu özgarişlar biznesni yuritişda yengillik paydo qiliş hamda davlatdagi investitsion iqlimni yaxşilaşga qaratilgan. Bu haqida Ukraina prezidenti ma'muriyatining matbuot xizmatida xabar berildi. 

Poroşenkoning sözlariga köra, mazkur qonunning qabul qilinişi munosabati bilan tuman darajasidagi soliq inspeksiyalari nazorat va tekşiruv organlaridan maslahat organlariga aylantiriladi. Bu uning fikriça, korxonalar va soliq inspeksiyalariga nisbatan korruptsion sxemalarni bartaraf qiladi. Bundan buyon soliq inspeksiyasining nazorat funksiyalari faqat mintaqaviy darajada qoladi. 

"Ukraina Soliq kodeksiga özgartirişlar kiritiş töğrisida"gi qonunga muvofiq yangi taşkil etilgan, 3 million grivendan (111,1 ming dollar) kam aylanmaga ega korxonalar uç yil muddatga har qanday tekşiruvlardan ozod qilinadi. 

Davlat rahbari mazkur qonun asosida amalga oşiriladigan işlar mamlakatdagi investitsion iqlimni sezilarli darajada yaxşilaşiga umid qilmoqda. 

Yuqori radaning soliq va boj siyosati masalalari böyiça qömita raisi Nina Yujaninaning bildirişiça, biznesning soyadan çiqişi uçun maxsus mexanizmlar yaratilmoqda.