AQŞ sanksiyalar röyxatiga yapon mafiyasi – yakudzaning ikki taşkiloti va 3 nafar jismoniy şaxsini kiritdi. Bu haqda AQŞ moliya vazirligi ma'lum qildi.

Sanktsiyalar röyxatiga Kobe şahridan "Yamaguti-gumi" hamda "Yamaken-gumi" guruhlari kiritildi. Bundan taşqari, mafiya a'zolari Takaşi Ikeda, Kunio Inue va Osamu Teraokaga qarşi sanksiyalar kiritildi.

Boş qarorgohi Kobeda bölgan "Yamaguti-gumi" jinoiy guruhi 1915 yilda taşkil etilgan bölib, Osaka, Kioto, Xyogo, Saga, Nara va Vakayama prefekturalarini birlaştiruvçi Kansay tumanida kuçli pozitsiyalarga ega. Biroq politsiya ma'lumotlariga köra, u 47 ta yapon prefekturasidan 44 tasida 1100 dan köproq bölimga ega. Yaponiyada hammasi bölib yakudzaning politsiya hisobida turuvçi 20 dan ortiq guruhi bor, ularning a'zolari soni 70 mingga yaqinni taşkil qiladi.