Özbekiston boş arçasining Mustaqillik maydonidan Anhor-Lokomotiv boği yoniga köçirilişi haqidagi qaror puxta öylangan va töğri işdek taassurot uyğotgan edi, deb xabar bermoqda Sputnik.

Ammo tomoşalarning ilk kunlaridanoq bu xom tasavvur ekanligini isbotlandi. Arça nafaqat şu atrofda yaşovçi poytaxt aholisi, balki, Yangi yil malikasini tomoşa qilişga kelguvçilar uçun ham bir qator taşvişlar keltirdi. Ilgarilari Yangi yil arçasi ma'muriy kvartal deb atalmiş — Mustaqillik maydonida qad rostlar edi. Militsiya xodimlari arça yonidan ötadigan asosiy trassani yopar, MXX binosi yonidan vaqtinçalik yöl oçilar edi va tirbandlik masalasi şu bilan qisman bölsa-da, hal etilardi.

Endi nima holat yuz berdi. Arçani aholi eng ziç joylaşgan va olib keluvçi hamda undan olib çiquvçi yöllar sanoqli bölgan tumanda örnatişdi. Bundan taşqari, hudud yonidan şaharni bir neçta tumanlar bilan boğlovçi gavjum trassalar ham ötgan. YHXBB xodimlarining puxtalik bilan taşkillaştirilmagan işi bilan hamohang bu holat tumanda doimiy tirbandliklar yuzaga kelişiga sabab böldi. Haydovçilar va fuqarolar özlarining ilk noroziliklarini ijtimoiy tarmoqlarda bildirişdi. 

Ijtimoiy tarmoq foydalanuvçilarining biri boş arça atrofidagi holatga quyidagiça izoh qoldirgan: "Labzakda tartibsizlik avjida. Tirbandlik şu darajadaki Abu-Saxiy dam oladi. Melisalar son-sanoqsiz, ammo bu aholi eng ziç joylaşgan kvartallardan biri bölgani sabab, ular ham buning uddasidan çiqa olmayaptilar".

“Arçani har doimgidek Mustaqillik maydonida örnatiş kerak edi. Ammo rahbariyat töğri qaror qilgan bölsa kerak, balki şunday qiliş kerak bölgandir, biroq bunday tumanda şunday darajadagi tadbirni ötkazişdi va mana, hatto DAN xodimlari ham eplay olmayapti”, — deya fikr bildirgan internet foydalanuvçilaridan yana biri. 

"Deyarli barça avtomobilda kelişini hisobga olsak, arça uçun joy unçalik yaxşi tanlanmagan. U yerga bir-ikki soatga borişni xohlaymiz, biroq tirbandlikda qolib ketişdan odam çöçiydi”, - deya yozgan yana bir foydalanuvçi.

Uşbu holat bilan yaqindan tanişiş maqsadida Sputnik muxbirlari voqea joyiga borişdi. Haqiqat internetda aytilgan gaplarga mos tuşdi. Xiyobonga keliş uçun 30 daqiqaça tirbandlikda turişga töğri kelgan. Bundan taşqari, xiyobon yonida avtoturargoh ham taşkil etilmaganligi oydinlaşdi - maşinalar yöllar çetida, yölaklarda, avtobus bekatlarida qoldirib ketilgan va bu bilan şundoq ham murakkab vaziyatni yanada çigallaştirgan edi. Muxbirlar şu yon-atrofda turgan uylarning birining hovlisiga öz maşinalarini qöyişga majbur böldilar.

Aytiş joizki, YHXBB xodimlari haqiqatdan ham yuzaga kelayotgan tartibsizlik bilan qanday kuraşişni bilmasdilar. "Köz oldimizda yölni tartibga solib turuvçi DAN xodimlaridan biri holatni yaxşi tomonga özgartira olmay, hammasiga qöl siltadi va vaziyatni boşqarişni haydovçilarning özlariga qöyib berdi", — deydi muxbir.

"Tomoşabinlarga noqulaylik tuğdirgan holatlarning yana biri — bu boqqa kiraverişda "metalloiskatel", ya'ni temirni aniqlaydigan maxsus uskunaning örnatilgani böldi. Bu yerda ayollar alohida, erkaklar alohida tekşiruvdan ötkazilmoqda. Heç kim bu töğri iş ekanligiga şubha bildirmoqçi emas, albatta. Ammo odamlar gavjum bölişini inobatga olgan holda bunday uskunalar soni ikki barobarga köpaytirilişi kerak edi. Axir, boqqa kiraverişda hosil bölgan navbat tufayli yana vaqt yöqotişga töğri keldi.

Xullas, yuqorida aytib ötilgan tösiqlarni yengib, içkariga kirsangiz, boş arça nega bu hududga köçirilganini tuşunib yetasiz. Hududning bepoyonligini körib dilingiz yayrasa, attraksionlar va tomoşalar soni Mustaqillik maydonidagidan köpligini körib, quvonçingizga quvonç qöşiladi. Mustaqillik maydoni bunça odamni öz bağriga olomasligi ham haqiqatdek bölib körinadi. Qisqasi, agar tirbandlikni yengib, avtoturargohlar yuqligiga ham tan berib, kiraverişdagi navbatlarga ham rozi bölib, boş arça örnatilgan xiyobonni tomoşa qiliş istagingiz bölsa, marhamat! Barça tösiqlarni yengib ötgaç, tomoşalar va attraksionlargaça yetib borasiz, degan umiddamiz", deya yakunlangan maqola.