AOKAda Sanitariya-epidemiologik osoyiştalik va jamoat salomatligi qömitasi boşqarma boşliği Abdurahmon Ismoilov iştirokida ötkazilgan brifingda yangi yil bayrami va dam oliş kunlari ovqatdan zaharlaniş holatlarini oldini olişda rioya qilinadigan zarur talablar ma’lum qilindi.
«Şu kunlarda oila boşliqlari va uy bekalari tomonidan uşbu kunga tayyorgarlik köriş munosabati bilan savdo dökonlari, bozorlar va şu kabi oziq-ovqat mahsulotlarining savdosi uçun taşkil etilgan yarmarkalardan xarid qiliş uçun yaxşi kayfiyatlarda u yoki bu kabi mahsulotlarni xarid qilişga şoşilib bayram dasturxonini turli yegulik va içimliklar bilan bezaş harakatiga tuşib qolganmiz.
Aynan şu fursatdan foydalanib, siz azizlardan har bir mahsulotlarni xarid qilişda faqat ularni ruxsat etilgan joylardan xarid qilişni, qolaversa ularning sifatiga kafolat beruvçi hujjatlari mavjudligiga işonç hosil qilgan holda ularning iste’molga yaroqlilik muddatlariga, aynan siz xarid qilayotgan mahsulotlar şu mahsulotlarga xos belgilari özgarmagani, aynimagani kabi belgilariga e’tiborli bölişimiz kerak.
Vaholanki ba’zi bir uy bekalarimiz tomonidan bayram dasturxoni uçun qöyiladigan yeguliklar, har xil issiq va sovuq gazaklar, şirinliklar, taomlar va içimliklar haddan taşqari ortiği bilan tayyorlanib, bir vaqtning özida ularning bir-biriga mos yoki mos emasligiga e’tibor bermasdan iste’mol qilinişi oşqozon içak faoliyati buzilişi, vaqtida xazm bölmasligi oqibatida kutilmaganda aynan inson omili ta’sirida u yoki bu körinişdagi kasalliklar yuzaga kelişiga sabab bölmoqda.
Qolaversa, uşbu dasturxon atrofida yiğilganlar orasida yoş bolalar va yoşi katta otaxon va onaxonlarimiz soğligiga xavf solişi ehtimoldan xoli emas.
Şu narsani yodda tutiş kerakki, har bir oziq-ovqat mahsulotlari va tayyor taomlarni iste’mol qilişda har birimizning yoşimizga e’tiborli bölişimiz şart.
Şu narsani unutmaylikki, birgina bayram munosabati bilan me’yoridan ortiq, moneligi böyiça bir-biriga mos bölmagan taomlarni bir vaqtning özida iste’mol qiliş tavsiya etilmaydi.
Keyingi vaqtlarda axoli örtasida aynan inson omiliga boğliq bölgan xolatlarda, qolaversa uy şaroitlarida tayyorlangan va germetik idişlarga qadoqlangan konserva mahsulotlarini iste’mol qiliş oqibatida ovqatdan zaharlanişning eng oğir turlaridan bölgan botulizm kasalligi qayd etilayotganidan OAV orqali barçamiz xabardormiz va ayrim insonlarning hayotdan erta ketişiga sabab bölayotgani, afsuski uçrab turibdi.








