Filippindagi turmadan 130 dan köproq mahbus qoçib ketdi. Bu haqda Associated Press axborot agentligi xabar bermoqda. 

Ma'lum qilinişiça, mahalliy radikal taşkilotning jangarilari hujumidan keyin qoçişga muvaffaq bölingan. Hujum oqibatida qöriqçilardan biri halok bölgan, bir mahbus yaralangan. Ayni vaqtda qoçoqlardan 2 nafari qölga olingan, qolgan mahbuslarni qidiriş operatsiyasi davom etmoqda.

Mahalliy qişloqlardan birining boşliği aytişiça, qişloq odamlari ham bir qoçoqni tutib olişgan. Ularning aytişiça, qoçoqlar boşpana topiş yoki odamlarni garovga olmasliklari uçun öz qişloqlarini himoya qilişga tayyorlar.