Yaxşi qomatda böliş, dunyoga yaxşi nigoh bilan boqiş, baxtli yaşaş va taqdir işlariga tayyor turiş - albatta, har kim hayotda quvonib yaşaşni istaydi. Quyidagi bir neça odatlar hayotda qiynalmay, baxtli yaşaşingizga yordam beradi. 

Kelasi kunga jadvalni bugundan tuzing

Keç tuşişi bilan barça işlaringizni tamomlagaç, ertasi kuni nima bilan şuğullaniş kerakligi böyiça jadval tuzib çiqing. Jadvalda şunçaki işlar röyxati emas, kelasi kunning grafigini ham qöşiş kerak: vaqtni, vazifani aniq körsatgan holda.
  
Bunday yondaşuvning ikki afzalligi mavjud. Birinçidan, siz istalgan vaqtda nima qiliş kerakligini bilasiz va samaradorlik ortadi.  

Ikkinçidan, ertangi kun rejalaştirilgan bölsa, tunda bemalol dam oliş mumkin. Grafik yozilgan — demak, maza qilib orom olib, tongni hotirjamlikda qarşi olsa böladi. 

Tongni badantarbiya bilan boşlang

Har tong uyqudan turişingiz bilan beş daqiqali maşqlar bajaring — internetda bu dasturga xos juda köp misollarni uçratiş mumkin. Badantarbiya uyğonişga yordam beradi: bir vaqtning özida bu töşakdan turib, asab tizimini sozlaş uçun ham sabab böla oladi.  

Bundan taşqari, u ritmning maromida ketişiga yordam beradi — 16 soatdan söng siz uyquga tayyor bölasiz. 

Albatta, maşqlar sizni kuçliroq va xuşbiçim qiladi. Kuniga beş daqiqa — bu ozgina fursat, biroq bu haftada maşğulotlar uçun ortiqça vaqt sarflaşning örnini bosa oladi.

Şunisi muhimki, kundalik badantarbiya sportga bölgan qiziqişni orttiradi va salomatlik haqida öylaşga çorlaydi. 

Tonggi badantarbiyadan söng sportzaldagi maşğulotlar oson bajariladi. 

Bundan taşqari, qomat uçun ham foydali: agarda oziş kerak bölsa, tonggi maşqlarning davomiyligini uzaytiriş mumkin. Bu odat boş va tanani tartibga keltirişga kömaklaşadi. 

Ovqatlanişdan oldin öylang

Nimanidir içiş yoki tanovul qilişdan avval öylab köring. Bu foydalimi? Siz çindan ham aynan şu narsani yeyişni istaysizmi? Balki boşqasini yeganingiz ma'qulroqdir? 

Taomga diqqat bilan e'tibor beriş uçun telefondan foydalaning. Tadqiqotda ma'lum bölişiça, taomlarning fotokundaligini tutiş yozma qaydnomalarga nisbatan ançayin samaraliroq ekan.

Bu suratlarni Facebook yoki Instagram'ga joylaştiriş mumkin — bu orqali siz yanda köproq mas'uliyatni his etasiz. 

Har qanday holatda ham maqsad yagona: har kuni biz turli qarorlar qabul qilamiz, agar bir soniya bu haqida öylab körsak, qarorlar sifati yanada ortişi mumkin. 

Agar kimnidir yoqtirmasangiz, öylab köring — siz özingizni undan-da yomonroq deb hisoblaysizmi? Nafrat köp hollarda yetişmovçilik hissini oşiradi. Ayniqsa, sizga yoqmaydigan inson köp narsaga ulgurgan: uning puli, maşinasi bor yoki baxtli oilasi, işda ham omadi çopayotgan bölsa. 

Siz köp pul topişni istaysiz-u, biroq badavlat kişilarni köra olmaysizmi? Juda ham çiroyli hayotni xohlaysiz-u, biroq latofatli , oşiği köp insonlarni yoqtirmaysizmi? U holda siz yomon körgan insonlaringizdek böla olmaysiz. 

Agarda "qora tomon"ga yurayotgan bölsangiz, qanday qilib muvaffaqiyatga intiliş mumkin? 

Özingizni qölga olib, nafrat va xafagarçilik sababini izlang. Agarda topsangiz, nafratni unutib, öz işingiz bilan şuğullanişga harakat qiling. 

Agarda kimgadir hasad qilsangiz, bariga hasad qiling 

Begonalarning muvaffaqiyatiga hasad qilasizmi? Ularning boyligigaçi? U holda ularning oğir mehnati va şu pullarni topiş uçun sarflagan harakatiga ham hasad qilişni yoddan çiqarmang. Çiroyli qomatga hasadingiz keladimi? Kuniga beş soatlab sportzalda vaqt sarflagan insonga ham hasad qilişni unutmang. 

Bu holatda esa siz muvaffaqiyat qanday qiyinçilik va mehnat bilan erişilişini tuşungan holda hasad qilişdan töxtaysiz. Yoki siz hasad emas, havas qiliş uçun namuna topganingizni tuşunib yetasiz. 

Agarda darğazab bölsangiz, javob berişdan avval tanaffus qiling

Har safar kimdir sizni jahlingizni çiqarsa, birinçi ta'sirni uşlab qolişga harakat qiling. Agarda bu şaxsiy muloqotda kuzatilsa, şunçaki darhol javob qaytarmang, bir neça soniya kutib turing.

Yanada muhimi (va eng osoni) bu qoidani internetda kuzatib boring. Sizga tarmoqda yoqimsiz xabar jönatişdimi yoki telba deb ataşdimi? Darhol javob qaytarmang, bir neça soat kuting.  

Agarda sizni xafa qilişi mumkin bölgan xabar yuborişgan bölsa, uni taqvimingizda iş kunining oxiri yoki ertangi kunga eslatma şaklida qöyib qöying. 

Birinçidan, endi siz suhbatdoşingizga vaqti kelganida qanday javob qaytarişni bilasiz. U vaqtgaça, sizning arazingiz yöqolib ketişi ham mumkin. 

Siz hotirjam holda javob qaytirişingiz mumkin, biroq 90 foiz holatda sizga u xabarning ahamiyati qolmaydi. Bu esa vaqt ötgani sayin ğazab abadiy emasligini tuşunişingizga yordam beradi.