Yangi versiyada dizaynerlar taniş qölyozma asosini saqlab qolgan holda, harflarning alohida elementlarini yanada geometrik va zamonaviyroq qilib işladi. Şu bilan birga, kompaniya yangi logotipning Instagram’ning avvalgi korporativ uslubi bilan vizual aloqasini saqlaşga intilmoqda.
Yangilaniş aynan wordmark, ya’ni “Instagram” matnli yozuviga tegişli. Ilovaning kamera tasviri tuşirilgan taniş gradiyent belgisi esa firma uslubining bir qismi bölib qoladi.
Yangi dizayn ijtimoiy tarmoqlarda allaqaçon qizğin muhokamalarga sabab böldi. Foydalanuvçilarning bir qismi özgarişlarni ijobiy kutib olgan bölsa, ayrimlar yangi yozuvni unçalik taniş emas deb hisobladi va hatto ba’zi harflarni boşqa belgilar bilan qiyosladi.
Instagram’ning avvalgi matnli logotipidan qariyb ön yil davomida foydalanilgan.








