Meta kompaniyasi sun’iy intellekt yordamida tasvirlarni yaratiş va tahrirlaş uçun yangi xizmat - Muse Image’ni taqdim etdi.

Xizmat matnli tavsif böyiça tasvirlar yaratadi va tayyor fotosuratlarni tahrirlaş imkonini beradi. Yangi sun’iy intellekt tasvirlarini yaratişda Instagramning oçiq akkauntlaridan olingan rasmlardan foydalaniş imkoniyati paydo böldi.

Xorijiy texnologik naşrlarning xabar berişiça, foydalanuvçi Meta AI sörovida kerakli profilni körsatişi kifoya. Şundan söng, sun’iy intellekt yangi rasmlarni, jumladan, odam yuzini yaratiş uçun akkauntdagi oçiq suratlardan foydalanişi mumkin.

Şu bilan birga, akkaunt egasi uning suratlari rasm yaratiş uçun işlatilganligi haqida xabardor qilinmaydi. Kompaniya ma’lumotlariga köra, öz suratlaridan foydalanişga ruxsat berişni istamagan foydalanuvçilar bu imkoniyatni maxfiylik sozlamalaridan öçirib qöyişi mumkin.

Ta’kidlanişiça, Muse Image kompaniyaning qoidalarini buzadigan tasvirlarni yaratişni çeklaydigan himoya mexanizmlari bilan jihozlanganini aytdi. Şu bilan birga, yangi funksiya şaxsiy ma’lumotlarni himoya qiliş va foydalanuvçi kontentidan foydalaniş böyiça savollarni keltirib çiqardi.