Özbekistonning Birinçi Prezidenti Islom Karimovning 7 apreldagi qarori bilan «Özbekoziqovqatxolding» xolding kompaniyasi tarkibida yangi uzilgan va qayta işlangan meva-sabzavot mahsulotlari eksporti böyiça tuzilgan «Özagroeksport» maxsus taşqi savdo kompaniyasi yil hisobotini taqdim etdi.

2016 yil yakunlariga köra, Özbekiston korxonalari tomonidan 818,5 ming tonna meva-sabzavot mahsulotlari (2015 yilga nisbatan 38,3 foizga köproq), jumladan, sabzavotlar – 242,1 ming t (29,6 foiz), mevalar – 229,6 ming t (28 foiz), poliz ekinlari – 6,8 ming t (0,8 foiz), uzum – 96,2 ming t (11,7 foiz), dukkakli mahsulotlar – 120,2 ming t (14,7 foiz) va quritilgan mahsulotlar  124,5 ming t (15,2 foiz) miqdorida eksport qilingan.

Kompaniya saytida ma'lum qilinişiça, ötgan yilda 65 turdagi mahsulot eksport qilingan. Eksportning asosiy hajmi gilos (14,4 foiz), mayiz (12,8 foiz), örik (7,63 foiz), uzum (7,57 foiz), moş (6,91 foiz), pomidor (6,86 foiz), loviya (6,51 foiz), kökat (5,65 foiz), şaftoli (nektarin) (4,11 foiz) va xurmo (3,96 foiz) hissasiga töğri keladi.

Mahsulotlar dunyoning 43 mamlakatiga eksport qilingan. Ötgan yilda Özbekistondan meva-sabzovot mahsulotlarini eksport qiluvçi mamlakatlar qatoriga 9ta yangi mamlakat qöşilgan, Ispaniya va Italiyaga ilk marta konservalangan kovul, Livanga – yonğoq, Vetnamga – mayiz, Belgiyaga – quritilgan mevalar, Şveytsariyaga – uzum va qovun, Niderlandiyaga – turşak, Isroilga – mayiz, Çexiyaga – uzum va quritilgan mevalar yetkazib berilgan.

Özbekiston dunyoning yirik eksportçilari qatoriga kirib, jahonda 48-örinni egallagan.