AQŞ Razvedkasi mamlakat saylov jarayoniga Rossiya tomoni aralaşganini uqdiruvçi hisobotini e'lon qildi. Unga köra, RF Qurolli kuçlari Boş ştabi Boş razvedka boşqarmasi (BRB) Guccifer 2.0 laqabli xaker va DCLeaks.com sayti ortida turadi. Aynan ular Amerika kompyuter tizimlariga uyuştirilgan kiberhujumlarda asosiy ayblanuvçilar hisoblanadi.
"Biz katta işonç bilan aytamizki, Rossiya harbiy razvedkasi – Boş ştab Boş razvedka boşqarmasi, ya'ni BRB – Guccifer 2.0 şaxsini va DCLeaks.com saytini xakerlik hujumidan jabr körgan amerikalik jabrdiydalarga tegişli xabarlarni oşkor qilişda foydalangan", — deyiladi MRB, FQB va AQŞ Milliy xavfsizlik agentligining qöşma bayonotida.
Amerika razvedkasiga köra, xakerlik vositasida olingan ma'lumotlar OAV va WikiLeaks saytiga berilgan.
Şu bilan birga, hujjatda aytilişiça, "rossiyalik xakerlar tomonidan buzilgan tizimlar ovozlarni sanaş tizimlariga boğliq bölmagan".
Rossiya tomoni, şuningdek, Trampga yordam beriş uçun Sputnik va RT telekanallaridan ham foydalangan.
"Mahalliy OAV apparatidan taşkil topgan va global tomoşabinlarga möljallangan RT va Sputnik kabi Rossiya taşviqot maşinalari hamda hukumatga qaraşli trollar tarmoği ta'sir körsatiş kampaniyasiga poydevor bölgan", — deyiladi hisobotda.
AQŞ razvedkasining ta'kidlaşiça, Rossiya AQŞ prezidentligi saylovlarida qölga kiritgan tajribasini butun dunyoda qöllaşni rejalaştirmoqda. "Rossiya AQŞdagi prezidentlik saylovi çoğida olgan malakasini butun dunyoda, xususan, Amerika ittifoqçilaridagi saylovlarda qöllaşni rejalaştirmoqda".
Ta'kidlanişiça, "Rossiya maxsus xizmatlari saylovoldi kampaniyasiga ta'sirini öz muvaffaqiyati deb hisoblamoqda".












