AQŞ hukumati AQŞning Fort-Loderdeyl şahri (Florida ştati) aeroportidagi otişmadan keyin yuzaga kelgan sarosima oqibatida yana 37 kişi jabrlanganini ma'lum qildi. Bu ma'lumot şahar joylaşgan Brouard okrugi şerifi boşqarmasining tvitterda joylaştirgan xabarida aytilgan. 

"5 kişi halok böldi. Dastlab 8 kişi yaralangandi. Yana 37 kişi voqeadan keyin jarohat olgan", deb aytilgan xabarda.

AQŞ telekanallari tomonidan namoyiş qilinayotgan lavhalarda aeroportda otişma yuz bergani haqidagi xabardan keyin sarosima boşlanganini köriş mumkin bölgan. Odamlar aeroportni şoşa-pişa tark etganlar. Ba'zi joylarda tiqilinç yuzaga kelgan.

OAV ma'lumotlariga köra, aeroportdagi otişmani Iroqdagi operatsiyalarda iştirok etgan sobiq harbiy Esteban Santyago sodir etgan. 

Associated Press axborot agentligining ma'lum qilişiça, qotil ötgan yilning noyabrida Federal qidiruvlar byurosi xodimlari bilan suhbatlaşgan. Suhbat çoğida Santyago uning ongini AQŞ hukumati nazorat qilayotgani va ular göyoki uni internetda IŞID joylaştirgan videoyozuvlarni körişga majbur qilayotganini aytgan. Bu uçraşuvdan keyin FQB xodimlari politsiyani çaqirtirganlar. Politsiya Santyagoni psixiatrik tekşiruvga yuborgan, biroq tekşiruv natijalari ma'lum qilinmagan.