Mavjud ma'lumotlar tahliliga köra, Tojikiston Respublikasi tomonidan bir qança çora-tadbirlar amalga oşirilişiga qaramasdan tojik-afğon çegarasidagi vaziyat nobarqaror holatda qolmoqda. Bunga bir neçta omillar, jumladan, Afğoniston şimolidagi harbiy-siyosiy vaziyat, narkotik moddalar işlab çiqariş laboratoriyalarining mavjudligi va narkotik savdo yölining şu hududdan ötişi, noqonuniy qurollangan guruhlar, kontrabanda bilan şuğullanuvçilar va turli radikal ekstremistik guruhlarning köpayişi ta'sir etmoqda.

Bugungi kunda, tojik-afğon çegarasida Tojikiston çegara qöşinlariga noqonuniy qurollangan guruhlar va kontrabanda bilan şuğullanuvçilar tomonidan qurolli hujumlarining ortişi kuzatilmoqda.

Xususan, 2015 yil sentabr oyida 12 kunlik “qölga oliş” rejasiga asosan, Tojikiston Içki işlar vazirligi, Davlat milliy xavfsizlik qömitasi va Mudofaa vazirligining bölinmalari iştirokida Xatlon viloyatidan ötuvçi va Duşanbe bilan Toğli Badaxşonni boğlovçi avtomagistral yöliga 30 ga yaqin blokpostlar qöyilgan. Mazkur rejaga asosan 25 ta jangari yöq qilinib, 125 tasi qölga olingan, 600 ta öq otar qurollar va 11 mingdan ortiq turli ölçamdagi (kalibr) öq-dorilar qölga kiritilgan. Uşbu vazifani bajarişda 14 ta harbiy xizmatçi va “Alfa” guruhi komandiri polkovnik R.Amakiyev halok bölgan.

Tojikiston Strategik tadqiqotlar markazining ma'lumotiga köra, hozirgi kunda Afğonistonning Badaxşon viloyatida 1,5-2 ming, Qunduz viloyatida 4-5 mingga yaqin jangari asosan “Tolibon” harakati, “Turkiston islom harakati” va “Jamoati Ansorulloh” jangari guruhlari vakillaridan iborat.

Şuningdek, Tojikiston çegara qöşinlari qömondonining ma'lumotiga köra, 2015 yilda tojik-afğon çegarasini turli jinoiy guruhlar tomonidan 106 marotaba buzişga harakat qilingan, şundan 30 ta qurolli töqnaşuvda 135 ta şaxs uşlanib, ulardan 13 ta öqotar qurol va 520 ta boşqa turdagi qurol hamda 4 ming 676 kg narkotik moddasi uşlab qolingan.

2016 yilda 151ta çegarani buziş holati qayd etilgan, şundan 19ta qurolli töqnaşuvda 8 nafar tojik çegaraçisi halok bölgan, 121 nafar davlat çegarasini buzgan şaxs va çegara rejimini buzgan 189 kişi hibsga olingan. Jinoyatçilardan 19 ta öqotar qurol, 415 ta turli ölçamdagi (kalibrli) öq-dori va 275 kg portlovçi moddalar hamda 700 kg ortiq narkotik moddalar, 15 kg geroin, 95 kg opiy, 593 kg naşa musodara qilinib, 400 ta kannabis butasi yöq qilingan.

Şuningdek, Tojikiston va Afğoniston huquq-tartibot organlari
2016 yilda 11 ta maxsus operatsiyani hamkorlikda ötkazib, uşbu maxsus operatsiyalar davomida 11 nafar jinoiy guruh a'zolaridan 446 kg narkotik vositalar, 331 kg opiy moddasi, 800 litr prekursorlar qölga olinib, geroin işlab çiqaradigan 1 ta laboratoriya yöq qilingan.

Duşanbe tomonidan tojik-afğon çegara yönalişidan kelişi mumkin bölgan xavfni oldini oliş maqsadida çegaralarni mustahkamlaş çoralari körilmoqda.

  • , 2015 yilda Tojikiston Respublikasi qurolli kuçlari tomonidan 32 ta maxsus operatsiya ötkazib, tojik-afğon yönalişiga çegara qöşinlari bilan Mudofaa vazirligi qöşinlari birgalikda jami 16 ming harbiy xizmatçi yordamida çegarani qöriqlaşni kuçaytirgan. 2015 yil RF Kölobdagi 149-motoöqçi gvardiya polkini Duşanbega 201-harbiy bazasiga köçirdi. TR Mudofaa vazirligi uşbu harbiy qism örniga özining motoöqçi brigadasini joylaştirişga sabab, Kölob tumanidan tojik-afğon çegarasigaça bölgan masofa 30 km taşkil etadi. Uşbu mudofaa sektori motoöqçi brigadasi zimmasiga yuklatildi.

2016 yilda çegara hududini nazorat qiliş maqsadida çegara qöşinlari tarkibiga maxsus razvedka bölinmasi taşkil qilinib, unga yuqori tayyorgarlikka ega bölgan şartnoma asosidagi 500 ta harbiy xizmatçi jalb qilingan.

2016 yil davomida Tojikiston çegara qöşinlari va boşqa huquq tartibot organlari tomonidan hamkorlikda 29 ta maxsus operatsiya ötkazilgan. Mazkur operatsiyalarning 12 tasini çegara qöşinlari va milliy xavfsizlik davlat qömitasi birgalikda amalga oşirgan. 2016 yil sentabr oyida Içki işlar vazirligi tomonidan “Nelegal-2016” maxsus operatsiyasining birinçi bosqiçi yakuniga köra, Tojikiston fuqaroligi bölmagan (respublika hududida yaşaş qoidalarini buzgan) 15 ming 74 nafar şaxs aniqlangan, şundan 285 nafari ma'muriy javobgarlikka tortilib,
47 nafari sud qarori asosida mamlakatdan çiqarib yuborilgan.

Duşanbe tomonidan çegara xavfsizligini ta'minlaş maqsadida xorijiy davlatlar bilan hamkorlikda taktik öquv maşğulotlari ötkaziş barobarida moddiy yordam ham olmoqda.

Xususan, tojik-afğon çegara yönalişidan yuzaga kelişi mumkin bölgan xavfning oldini oliş maqsadida 2015 yilda RF201-harbiy bazasini Mi-8, Mi-24 hujumkor vertolyotlari bilan, 2016 yilda esa
200ta harbiy texnikalar bilan kuçaytirgan. KXŞTga a'zo davlatlar tomonidan 2016 yil “Poisk-2016”, şu yilning sentabr oyida TR Mudofaa vazirligi, Içki işlar vazirligi, çegara qöşinlari va maxsus qöşinlari bilan 201-baza hamkorlikda “Lyaur” poligonida taktik maşğulotlar ötkazilgan.

Şuningdek, Pekin va Duşanbe hamkorlikda terrorizmga qarşi kuraşiş markazini taşkil qiliş maqsadida 2014 yil aprel oyidan
2020 yilga qadar jami 100 mln. doll. miqdorida mablağ ajratgan.

XXR tomonidan TR Qurolli kuçlariga 2012 yilda 14 mln. dollar,
2015 yilda 15 mln. dollar miqdorda grant ajratilgan mablağlar evaziga
15 ta zirhli harbiy avtomobil, Toğli-Badahşon muxtor viloyati, Murğob tumani va Töxtamiş aholi yaşaş joylarida (tojik-afğon yönalişiga) statsionar boşqaruv punktlari çegara razvedka qidiruv guruhlari uçun binolar qurib foydalanişga topşirilgan.

XXR va TR hamkorlikda Afğoniston şimolidagi nobarqaror vaziyatdan kelib çiqib, tojik-afğon çegara yönalişida 2015 yil iyun oyida ikki davlat maxsus bölinmalari 250 ga yaqin harbiy xizmatçi iştirokida,
2016 yil 20-24 oktabr kunlari Toğli-Badaxşon muxtor viloyatida 10 ming harbiy xizmatçi bilan birgalikda vertolyot aviatsiyasi, zirhli texnikalar, artilleriya, öqotar qurollarini qöllagan holatda katta masştabda taktik öquv maşğuloti ötkazilgan.

Şu bilan birgalikda, YeIning 2016 yilda TR çegara xavfsizligini ta'minlaşga grant mablaği 8 mln. dollarni taşkil etgan.

AQŞ tomonidan 2016 yil hisobiga tojik-afğon çegarasida terrorizmga qarşi kuraşiş uçun berilayotgan moliyaviy yordam hajmi
50 mln. dollar qiymatiga teng bölgan. 2015 yilda Içki işlar vazirligi va Çegara qöşinlariga 5,7 mln.doll. qiymatida 87 ta Toyota Hilux rusumli yuk va yölovçi taşiydigan maşina hamda 2016 yilda 3 mln. dollar qiymatida J8 Jeep Wranglers rusumli 50 ta harbiy maşina berilgan.

Yuqorida qayd etilgan ma'lumotlar asosida xulosa qiliş mumkinki, bugungi kunda tojik-afğon çegarasidagi vaziyat nobarqarorligiça qolmoqda. Buning asosiy sabablari AIR hokimiyatidagi siyosiy nobarqarorlik, narkotik moddalar işlab çiqariş laboratoriyalarining mavjudligi va asosiy narkotik savdo yölining şu hududdan ötişi hamda tabiiy geografik jihatdan (toğli hudud) murakkabligi tufayli nazorat qiliş, harbiy harkatlar olib boriş bir qança qiyinçilik tuğdirmoqda.

Umuman olganda, Tojikiston Respublikasi tojik-afğon çegara hududida vaziyatning keskinlaşişini oldini oliş maqsadida davlat çegaralarini mustahkamlaş çoralarini, şuningdek, mazkur çegara hududlarida noqonuniy qurollangan guruhlar va kontrabanda bilan şuğullanuvçilarga qarşi kuraş tadbirlarini kuçaytirmoqda.

Bundan taşqari, KXŞT doirasida taktik öquv maşğulotlar, RF va AQŞ davlatlari bilan ham birgalikda turli xil trening maşğulotlarini ötkazib, uşbu mamlakatlardan moddiy texnik yordam olişni davom ettirmoqda.

Yaqin istiqbolda radikal ekstremistik guruhlarning faollaşuvi, narkotik moddalar savdosining ösişi va boşqa omillar ta'sirida tojik-afğon çegarasidagi nobarqarorlik saqlanib qoladi.

Bunday vaziyatda taşqi aktorlar, asosan, RFning KXŞT doirasidagi faoliyatining faollaşuvi kuzatilişi mumkin. Moskva vaziyatdan unumli foydalaniş maqsadida Tojikistondagi harbiy bazasini yanada kuçaytiriş ehtimoli ortadi.

Bundan taşqari, mazkur hududlardagi vaziyatning keskinlaşişi XXR manfatlariga ham töğri kelmaydi. Şu sababdan, XXR tomonidan TRga harbiy texnik yordam berib, birgalikda taktik öquv maşğulotlarini ötkazib, “Badaxşon-Şinjon Uyğur muxtor tumani” yönalişi böyiça xavfsizlik çoralarini kuçaytirişi mumkin.

 

I.O.Babajanov

mustaqil tadqiqotçi