Polşaga 7 yanvarda AQŞ zirhli tank brigadasi harbiylarining birinçi guruhi yetib keldi. Bu haqda RAR axborot agentligi xabar bermoqda. Polşaga 250 amerikalik askar NATOning şarqiy qanotini mustahkamlaş böyiça Atlantic Resolve operatsiyasi davomida taşlandilar.

"Polşa radio" ma'lumotlariga köra, harbiylar Jagan, Sventoşuv, Skvejina va Boleslavets şaharlarida joylaştiriladilar va u yerda 9 oy böladilar.

Polşada amerikalik askarlarning joylaştirilişi yanvar oyining oxirigaça yakunlanişi kerak. Mamlakatga 3,5 ming harbiy, 400 dan ortiq gusenitsali va 900 ga yaqin ğildirakli texnika, jumladan 87 tank, 18 ta öziyurar gaubitsa, 400 ta avtomobil keltiriladi. 

2016 yil 22 noyabrda Polşa mudofaa vaziri Antoniy Maçereviç Polşaga NATOning köpmillatli bataloni askarlari kelişini ma'lum qilgandi.

Rossiya hukumati NATO qöşinlarining öz hududiga yaqinlaşişini xavfsizlikka tahdid sifatida baholaşini bir neça marotaba aytgan. Oktyabrda Moskva NATO batalonlarining Polşa va Boltiq davlatlariga yuborilişiga javob berişga va'da bergandi.