Buyuk Britaniya taşqi işlar vaziri Boris Jonson Nyu-Yorkda AQŞning saylangan prezidenti Donald Trampning yaqin maslahatçilari bilan muzokaralar ötkazgan. Manbalarning sözlariga köra, muloqot «ijobiy, ammo oşkora» ruhda bölib ötgan.

Birlaşgan qirollik TIV rahbari, şuningdek, Kongress a'zolari bilan ham uçraşgan, deb xabar qilmoqda Reuters agentligi Britaniya taşqi siyosat mahkamasi vakiliga asoslangan holda. 

Bu Buyuk Britaniya vazirining AQŞ bölğusi ma'muriyati a'zolari bilan ötkazgan ilk rasmiy uçraşuvidir. 

Xabarlarga köra, muzokaralar diqqat markazida Buyuk Britaniya va AQŞ munosabatlari hamda boşqa xalqaro masalalar bölgan. 

BBC xabariga köra, Jonson Trampning kuyovi va maslahatçisi Jared Kuşner va Oq uyning bölğusi yetakçi strategi Stiv Bennon bilan uçraşgan.