Xitoyda iste'mol narxlari indeksi (inflyatsiya, CPI) 2016 yil yakuniga köra 2,0 foizga ortdi va hukumat taxminidan ham yaxşi körsatkiçni qayd etdi. Bu haqda Xitoy davlat statistik byurosi ma'lumotlarida söz yuritilgan.

Xitoy hukumati ötgan yilning boşida 2016 yilda inflyatsiya darajasi 3 foizni taşkil etişini başorat qilgandi.

Şu bilan bir qatorda, mamlakatda dekabr oyida inflyatsiya darajasi ötgan yilning şu davriga nisbatan 2,1 foizga qadar oşdi.

Bundan taşqari, dekabrda işlab çiqaruvçilar narxi indeksi 2011 yilning sentabridan beri eng maksimum darajaga oşdi – 5,5 foiz. Reyter agentligi tomonidan sörovdan ötkazilgan tahlilçilar dekabrda 4,5 foizlik körsatkiçni taxmin qilişgandi. 2016 yil yakuniga köra esa işlab çiqaruvçilar narxi indeksi 1,4 foizga tuşgan.