Kolumbiyada osma köprikning qulaşi oqibatida halok bölganlar soni 11 kişiga yetdi. Bu haqda mamlakat qutqaruv xizmatlari xabar bergan.
"Bizda bölgan ma'lumot 11 kişi halok bölganidan dalolat beradi", - deya Kolumbiya halokat xatarlarini boşqariş böyiça davlat milliy xizmati direktori Karlos Ivan Markesning sözlarini keltiradi Meksikaning Informador portali.
Mahalliy hukumat ma'lumotlariga köra, fojia duşanba kuni ertalab Vilyavisensio şahrida yuz bergan. Halok bölganlar orasida bolalar, jumladan bir yarim yoşli gödak ham bor. U hodisa röy bergan payt onasining qölida bölgan. Konstruktsiya balandligi 10-15 metrni taşkil qilgani aytilmoqda.
Xabarga köra, 13 kişi jarohat olib, kasalxonaga olib ketildi.













