Yangi yilni FIFAning yangi prezidenti Janni Infantino özi reja qilgan inqilob bilan boşladi. Keyingi ön yillikning ikkinçi mundialidan boşlab jahon çempionati iştirokçilari soni 48tani taşkil qiladi. Bu qaror yuzasidan turliça fikrlar yangramoqda. Uni ma'qullayotganlar ham qarşi çiqayotganlarni ham uçratişimiz mumkin. «Tribuna» bu inqilobiy özgarişning yaxşi va yomon tomonlarini sanab ötdi.

Birinçi navbatda bu qarorning salbiy tomonlari haqida.

Format

Bitta musobaqani yaxşi saviyada ötkaziş uçun 48ta saviyaga mos jamoani topiş mumkin. Bir qaraşda Infantinoning «48 jamoa sayyoramizning 20 foiz mamlakatlarini taşkil qilişi» gapi bilan ham buni oqlaş mumkin. Lekin tanganing ikkinçi tomoni borki, bunça jamoaning guruhlarga taqsimlaş böladi. FIFAning yangiligiga köra, endilikda guruhlar soni 16tani taşkil qiladi. Bu yaxşi, keyinçalik olimpiya tizimida (pley-off) musobaqani davom ettiriş uçun mos keladigan format. Ammo bitta guruhda uçta jamoaning joy olişi musobaqaning sifatiga ta'sir qilişi mumkin. Tuşuntiraman. Birinçidan, har bitta tur faqatgina bitta uçraşuvdan iborat böladi. Ya'ni jamoalar raqibning qay holatda ekanini bilgan holda töp surişadi. Bu esa kelişilgan öyinlarning paydo bölişiga olib kelişi mumkin. Misol. A jamoa birinçi turda V jamoani 1:0 hisobida yutadi. 2-turda S jamoa A jamoani 2:1 hisobida mağlubiyatga uçratadi. A jamoa musobaqani yakunlab böldi. V va S jamoa sönggi turda özaro röbaro‘ keladi va misol uçun, V jamoa va S jamoani 3:2 hisobida yutadi. Töplar nisbatini hisobga olasizmi, özaro öyinlarmi, istalgan holatda ham V va S jamoalari keyingi bosqiçga yöl oladi.

Albatta, bir qaraşda guruh ğolibligi uçun kuraşni hisobga olib, har bir jamoa bunga harakat qilişi mumkin va kelişuvlar bölmaydi, degan fikr ham yangraşi mumkin. Biroq gap 1/8 final emas, ya'ni 1/16 finalga yöllanma, yanayam aniqroq aytadigan bölsak, 32ta jamoa iştirok etadigan bosqiçga çiqişadi. Bu yerda birdaniga öta kuçli jamoaga tuşib qoliş imkoniyati istaysizmi, yöqmi pasayadi.

Ikkinçidan, boya misol tariqasida eslagan guruhimizda S jamoasi V guruhiga yutqazgan taqdirda ham baribir birinçi örinni özida saqlab qoladi. Özaro öyinlar körsatkiçi mutlaqo teng bölib turganda töplar nisbati ularga birinçi örinni keltiradi. S jamoa birinçi örinni olib qoliş şarti bilan V  jamoani ham özi bilan keyingi bosqiçga olib çiqadi. Töğri, futboldagi halol öyin qoidalariga rioya qilmaydigan jamoalar köp degan fikrdan yiroqman. Buni öziga ep körmaydiganlar juda köp. Yoki sönggi turda uçraşadigan S va V jamoalari örnida öta prinsipial raqiblar özaro töqnaş kelib qolişi ham mumkin. Lekin 16ta guruhda heç bölmasa bittasida Şvetsiya va Daniyaga öxşaş termalar sönggi turda özaro öynab qoliş ehtimoli juda yuqori. 2004 yilgi Yevropa çempionatida Italiya va Antonio Kassanoning köz yoşlari esingizda bölsa kerak-a? UYeFA öşanda Skandinaviyaning ikki jamoasi körsatgan tomoşadan birorta ham şubhali jihatni topa olmagandi. Endi tasavvur qiling bunday, aytiş mumkin bölgan, qardoş davlatlar qança?

Sifat

Yuqorida aytdik. 48ta yaxşi saviyadagi jamoani topiş mumkindir. Lekin FIFA bu örinlarni har bir mintaqa böyiça taqsimlab çiqadi. Nufuzli naşrlardan biri Sky Sports manbasiga işonadigan bölsak, FIFA yöllanmalar oşirilişida birinçi navbatda Osiyo va Afrika mintaqalarida örinlar sonini oşirişga e'tibor qaratmoqda. Tasdiqlanmagan ma'lumotlarga köra, mazkur ikki konfederatsiya qöşimça törttadan yöllanmaga ega böladi. Afrikadan 9ta, Osiyodan 8,5ta jamoa iştirok etadi. Sönggi saralaşga qarab baho beradigan bölsak, Efiopiya, Burkino-Faso, Iordaniya yoki Ummon terma jamoalari jahon çempionatida iştirok etişi kerak. Endi savol: Dunyoning eng munosib 48 jamoasiga yuqori nomi sanalgan jamoalarni kiritsa böladimi? Yöq. 32ta eng kuçlilar ham iştirok etmasdiku, deyişingiz mumkin. Lekin 32ta terma jamoa qatnaşganda kuçsizroq/saviyasizroq jamoa nisbatan kam bölardi. Ança adolatli taqsimot bölişi mumkin edi. Lekin 48ta jamoa, boz ustiga yuqorida eslab ötgan taqsimot bilan bunga erişiş qiyin. Özbekiston terma jamoasining qatnaşiş imkoniyati oşganiga qançalik xursand bölmaylik, «Skay»ga öxşagan naşrlar buni normal baholay olişmaydi va qaysidir ma'noda ular haq.

Özini oqlamaydigan sabab

Infantino JÇ iştirokçilari soni oşişida birinçi navbatda teleauditoriyaning kengayişi, muxtasar qilib aytganda FIFAga qöşimça 640 million yevro daromad keltirişini ta'kidlagandi. Lekin tajriba şuni körsatyaptiki, futbolni pul bilan töliq rivojlantirib bölmaydi. Klub bu boşqa masala, istalgan mamlakatning kuçli futbolçilarini yiğib, pul evaziga yaxşi, top jamoa qiliş mumkindir. Ammo terma jamoa bu alohida mavzu. Butun mamlakat futbolini östiriş uçun moliyaviy omillarning özigina yetarli bölmaydi. Futbol maydondagi raqobatlardan keyin ösadi. Ummon – Honduras terma jamoalari JÇda özaro öyini bilan futbolni rivojlantirib bölmaydi. FIFA öşa qöşimça topgan pulini şartli Afğoniston yoki Tanzaniya federatsiyalariga yordam puli sifatida berganida ham ularda futbol ösib raqobatbardoş jamoa çiqib qolmaydi. Infantino aytayotgan pullar esa futbolni emas, şunçaki FIFAning içki rivojiga, çöntagi «qappayişiga» xizmat qilişi mumkin xolos.

Maqolani yoziş davomida bir neça marta aytgan fikrlarimga teskari fikrlar özimga töğridek körinib qoldi. Boşida jamoalarning soni 48taga oşirilişini salbiy tomonlari köpdek tuyulgandi. Endi ijobiylari ham yetarliçadek körinmoqda. Bu haqda keyinroq gaplaşamiz.

twitter.com/murodov_