8 may kuni Armaniston boş vaziri etib saylangan Nikol Paşinyan mamlakatda keyingi haftalarda röy bergan voqealarni «muhabbat inqilobi» deb atadi. Bu haqda TASS xabar bermoqda.

«Norozilik namoyişlarida eng faol qatnaşganlar ayollar bölişdi. Şu tufayli men buni «muhabbat inqilobi» deb atayman», deya qayd etgan Paşinyan.

Nikol Paşinyan bugun parlamentda 59 deputat ovozini olib, mamlakatning yangi boş vaziriga aylandi. U aprel oyi davomida Armaniston poytaxti Yerevanda sobiq prezident Serj Sargsyanning boş vazirga aylanişiga qarşi ötkazilgan norozilik namoyişlari ortidan hukumat tepasiga keldi.