«Real» himoyaçisi Pepeni qöyib yuborişga tayyor. Uşbu futbolçining şartnomasi şu yilning yoziga qadar tuzilgan va bu şartnoma muddatini uzaytiriş böyiça kelişuvga erişilmagan. 

AS naşri xabariga köra, portugaliyalik futbolçi yana 2 yillik şartnoma imzolanişini istagandi, ammo Madridda unga 1 yillik hamkorlik taklif qilindi.

Endilikda, futbolçi jamoani yozda erkin agent sifatida tark etmasligi uçun yanvar oyidayoq boşqa jamoaga ötişi mumkin. 

Avvalroq Pepega Xitoyning «Guançjou Evergrand» va «Şanxay SIPG» klublaridan takliflar borligi haqida xabarlar tarqalgandi.

Pepe hozirda Madrid jamoasida 5,5 million yevro miqdorida yillik maoş oladi, Xitoyda esa uning maoşi ikki baravar köp bölişi mumkin.