Içki işlar vazirining 2026-yil 4-sentabrdagi 502-son buyruği bilan tasdiqlangan yöriqnoma 5-noyabrda Adliya vazirligida 3969-raqam bilan davlat röyxatidan ötkazilgan. Hujjat 6-noyabrda rasmiy eʼlon qilingan bölib, ikki oydan keyin kuçga kiradi.

Jarimalar qanday rasmiylaştiriladi?

Yangi yöriqnomaga köra, yöl harakati qoidabuzarliklari böyiça maʼmuriy bayonnomalar, asosan, YHXXning «Maʼmuriy amaliyot» elektron tizimi orqali rasmiylaştiriladi.

Haydovçilar, guvohlar va boşqa iştirokçilar elektron bayonnomalarni elektron imzo yoki barmoq izi orqali tasdiqlaşi mumkin.

Şu bilan birga, YHXX xodimlarining qoidabuzarlardan joyida jarima olişi qatʼiyan taqiqlanadi.

Jarimalar ustidan şikoyat qiliş tartibi

Haydovçi maʼmuriy jarima töğrisidagi qaror nusxasini olgan kundan boşlab 10 kun içida yuqori turuvçi organ yoki sudga şikoyat qilişi mumkin.

Belgilangan muddatda şikoyat berilsa, qaror ijrosi şikoyat körib çiqilguniga qadar töxtatib turiladi. Bunda maʼmuriy qamoq töğrisidagi qarorlar mustasno.

Şikoyatni körib çiqiş jarayonida jarima töğrisidagi qaror bekor qilinsa, undirilgan pul qonunçilikda belgilangan tartibda qaytariladi.

Jarima ballari ham hisobga olinadi

Ayrim yöl harakati qoidabuzarliklari uçun asosiy jazo bilan birga jarima ballari ham hisoblanadi. Bir qoidabuzarlik uçun eng köpi bilan 2 ball beriladi.

Jarima ballari bir yil davomida hisoblab boriladi va uşbu muddat ötgaç avtomatik ravişda öçiriladi.

Agar haydovçining jarima ballari bir yil içida 12 balldan oşsa, qöşimça jazo masalasini hal qiliş uçun iş materiallari sudga elektron şaklda yuboriladi.

Jarima tölanmasa, avtomobil uşlab turilişi mumkin

Yöriqnomada belgilanişiça, jarima töğrisidagi qaror çiqarilganidan keyin 60 kun içida tölov amalga oşirilmasa, transport vositasini uşlab turiş çorasi qöllanişi mumkin.

Biroq haydovçi jarimani elektron tölov tizimi, mobil ilova yoki bank kassasi orqali töliq tölab, tölov tizimda tasdiqlansa, avtomobil jarima maydonçasiga joylaştirilmaydi.