Germaniyaning Volkswagen avtomobilsozlik konserni "dizel mojarosi" böyiça AQŞ hukumati bilan tinçlik bitimini tuzişga yaqin turibdi. Bu bitim doirasida konsern AQŞga 4,3 mlrd dollar qöşimça tovon tölaydi. Bu haqda DPA axborot agentligi xabar bermoqda.
Volkswagen kompaniyasi öz maşinalarida AQŞning qat'iy ekologik me'yorlarini çetlab ötişga imkon beruvçi dasturiy ta'minot aniqlangandan keyin "dizel mojarosi" deb atalgan mojaro markazida qoldi. Şundan keyin kompaniyaga nisbatan Yevropa va Osiyoning bir qator davlatlarida ham tergov boşlangan. Kompaniyada tan olinişiça, çiqindi gazlarda zararli moddalar miqdori böyiça ekologik sinovlar natijalarini soxtalaştiriş muammosi butun dunyo böylab 11 mln ta avtomobilni qamrab oladi.
Avvalroq ma'lum qilingandek, kompaniya mojaroni bosdi-bosdi qiliş uçun 18,2 mlrd yevro ajratgan.
25 oktabrda San-Frantsisko federal sudi konsern tomonidan uşbu dasturiy ta'minot örnatilgan maşinalar egalariga 14,7 mlrd dollar tovon tölab beriş böyiça kelişuv loyihasini ma'qullagandi.












