5 yil avval, xuddi şu yildagidek – 13-yanvar, juma kuni katta dengiz halokati röy berdi, bu fojia OAVda “XXI asr “Titanik”ining qulaşi”, deya  ta'riflandi. 15 palubali Costa Concordia sayohat layneri 3216 yölovçisi va 1013 ekipaj a'zosi bilan Toskan arxipelagidagi kiçik Jilo oroli yaqinidagi qoyaga urildi va mö'jiza tufayligina dengiz tubiga çökib ketmadi. Natijada 32 kişi halok böldi, 150 nafardan ortiği jarohat oldi. TASS bugun uşbu voqeani xotirladi.

Mahalliy vaqt bilan soat 21:45da suv osti qoyasi layner tubini yorib ötişi natijasida 70 metrli darça hosil böldi.

Fojiaviy sana xotirasiga 13 dekabr kuni Jiloda motam marosimlari bölib ötadi. Ma'lumotlarga köra, orolga Atrof-muhit, quruqlik va dengiz mudofaa vaziri Jan Luki Gallettining kelişi kutilmoqda.

 

Layner taqdiri

Italiyaning Fincantieri  kompaniyasi tomonidan qurilgan va 2006 yilda suvga tuşirilgan donği ketgan laynerdan bugunga kelib deyarli heç narsa qolmagan. Kemaning 80 foiz materiali qayta işlaşga topşirildi va ikkilamçi işlab çiqarişda qölandi, çunki 500 million yevroga yaqin pul sarflangan laynerning özini qayta tiklab bölmasdi.

Utilizatsiyaga qadar kema ikki yil davomida Jilo qirğoqlaridagi qoyalar orasida turdi. 2014 yilning iyulida Amerikaning Titan salvage va Italiyaning Micoperi kompaniyalari hamkorligida hamda janubiy afriklik mutaxassis  Nik Sloun yordamida amalga oşirilgan ajoyib muhandislik amaliyoti natijasida Concordia qoyalardan çiqarib olindi.

 

 

Yölovçilarning taqdiri

Fojiaviy reysning barça yölovçilariga pulli kompensatsiyalar tölandi. Kemalarga egalik qiluvçi Costa srociere kompaniyasi jabrlanuvçilarning har biriga 11 ming yevro miqdorida kompensatsiya tölanişini ma'lum qilgan. Halok bölganlarning oilalariga tölangan kompensatsiya miqdori esa 1 million yevrodan ziyodni taşkil qildi. Natijada barça tölovlarning umumiy miqdori 84 million yevro böldi.

Uç mingdan ortiq yölovçilarning 108 nafari rossiyalik bölgan, şuningdek ekipajning 3 nafar a'zosi Rossiya fuqarolari edi. Ularning birortasi jabrlanmagan. Bunda Rossiya diplomatik vakolatxonalari xodimlarining xizmati ham katta böldi.

 

Kompaniya haqida

Taxminiy hisob-kitoblarga köra, kema halokati Costa crociere kompaniyasiga 600 million yevroga tuşgan. Bu hali laynerni hisobga olmaganda, çunki u suğurtalangan bölgan.

Barça noxuşliklarga qaramay, bir asrlik tarixga ega kompaniya (1850 yilda taşkil etilgan) bir kun ham öz faoliyatini töxtatmagan. Fojia uning birjadagi nufuziga qisqa muddatli ta'sir ötkazdi, xolos. Halokatdan keyin, tez orada yana 15 dengiz kemasiga ega kompaniya daromad keltira boşladi.

 

“Dengiz börisi” kapitan Skettino

Sodir bölgan baxtsizlik uçun asosiy javobgarlik Costa Soncordia kapitani Françesko Skettino zimmasiga yuklangan. Dastlabki sud hukmiga köra, unga 16 yillik qamoq jazosi belgilangan bölsa-da, u bir kunini ham panjara ortida ötkazmagan. Appelyatsion sud işining yakuniy xulosasi aprel oyining oxirida öqiladi.

Ayblovçi tomon Skettinoni 27 yilga ozodlikdan mahrum qilişni talab qilmoqda, uning huquq himoyaçilari esa kapitanni töliq oqlaş harakatida. Kapitan Skettini beixtiyor odam öldiriş, kemaga va atrof-muhitga zarar yetkaziş, şuningdek yölovçilarning evakuatsiyasi oxiriga yetmasdan laynerni tark etganlikda ayblanmoqda.

Fojia röy bergan paytda Skettino 52 yoşda bölgan va eng tajribali professional hisoblangan. Biroq “dengiz börisi” Jilo oroliga haddan taşqari yaqin kelib, tavakkal qilgan. Tergov natijasiga köra, halokatga kapitanning loqaydligi sabab bölgan.

Şunday bölsa-da, kema dengiz tubiga ğarq bölmasligida aynan kapitanning xizmati katta – layner çöka boşlaganda kapitan uni qoya tomon yönaltirgan va buning natijasida kema suv tubiga çökib ketmagan va köplab yölovçilarning hayoti saqlanib qolingan. 

 

Jilo oroli medali

Ba'zi yölovçilar sohilga özlari suzib kelişgan. Orolda qişki mavsumda bir neça yuz kişigina yaşaydi. Mahalliy aholi jabrlanganlarga birinçi yordam körsatgan – öz uylariga qöyib, mehmonxonalar, restoranlar oçgan, kiyim-keçak va adyollar bilan ta'minlagan. Öşa tundan boşlab Jiloni dunyo taniy boşladi.

Hozir u yerda hayot öz iziga qaytgan. Fojia haqida deyarli heç kim eslamaydi. Zero Toskan arxipelagiga kiruvçi Tirren dengizi suvi özining tozaligi hamda ajoyib dengiz flora va faunasi bilan ajralib turadi. 

Jilo meri Serjo Ortellining sözlariga köra, halokatga qadar mavsum ayni avjida bölgan avgust oyida sayohatçilar soni 9-10 ming kişiga yetgan. Costa Concordia foijiasidan keyin esa sayyohlar soni 15 foizga kamaygan.

Şuningdek mer orol heç qaysi Yevropa fondidan yordam olmaganini ma'lum qildi. Uning sözlariga köra, ehtimoliy kompensatsiya miqdori ham juda oşirib yuborilgan. “Hozirça biz heç narsa olmadik. Orolga yetkazilgan zarar OAVda 80-200 million yevroga tenglaştirilgan bölsa-da, uni taxminan 20 million yevroga baholaş mumkin”, - deydi Ortelli. Jilo orolining aholisi fojiada körsatgan yordami uçun orol davlat mukofoti – “Fuqarolik xizmatlari uçun” oltin medali bilan taqdirlangan.