Karpowership hamda Singapurning kema quriş va muhandislik işlariga ixtisoslaşgan Seatrium kompaniyasi Whale Class turkumidagi beşta kemani qayta jihozlaş böyiça şartnoma imzoladi. Kelişuv yangi avlod suzuvçi energobloklariga zarur uskunalarni örnatiş va ularni yagona tizimga birlaştirişni nazarda tutadi.

Loyihalaş işlari allaqaçon boşlangan. Birinçi kema 2027-yil dekabrda Singapurdagi Seatrium Tuas Boulevard Yard kema quriş va taʼmirlaş korxonasiga yetib kelişi rejalaştirilgan.

U yerda mutaxassislar energetika uskunalarini örnatadi, mexanik tizimlar montajini yakunlaydi va stansiyani foydalanişga topşiriş oldidan dastlabki sinovlarni ötkazadi. Bu işlar kemadagi generatsiya qurilmalari, yonilği taʼminoti va elektr uzatiş tizimlarini birgalikda işlaşga tayyorlaşni qamrab oladi.

Suzuvçi elektr stansiyalariga qiziqişning asosiy sabablaridan biri - ularni zarur hududga nisbatan tez olib borib, işga tuşiriş mumkinligidir. Quruqlikda yirik elektr stansiyasini quriş bir neça yil davom etişi mumkin. Tayyor energetika uskunalari joylaştirilgan kema esa sohildagi elektr infratuzilmasiga ulanadi.

Karpowership öz kemalarini «ulab, işga tuşiriş» tamoyili asosida tayyorlaydi. Kompaniyaning taʼkidlaşiça, bunday stansiyalar belgilangan manzilga yetib kelganidan keyin atigi 30 kunda elektr işlab çiqarişni boşlaşi mumkin. Bu muddat kemani quriş yoki modernizatsiya qilişga emas, tayyor stansiyani joyida işga tuşirişga taalluqli.

Whale Class kompaniyaning eng yuqori quvvatli suzuvçi elektr stansiyalari turkumi hisoblanadi. Har bir kema 600 megavattgaça elektr quvvatini taʼminlaşga möljallangan. Şu hisobdan, beşta stansiyaning jami loyihaviy quvvati 3 ming megavattga, yaʼni 3 gigavattgaça yetişi mumkin.

Bunday quvvat kölamini oddiyroq tasavvur qiliş uçun: isteʼmol darajasiga qarab, bitta şunday kema yuz minglab xonadonni elektr bilan taʼminlay oladi. Işlab çiqarilgan energiya sohilga uzatilib, umumiy tarmoq orqali isteʼmolçilarga yetkaziladi.

Yangi kemalar konstruksiyasida kelajakda yonilği turini özgartiriş imkoniyati ham hisobga olingan. Ularga anʼanaviy kema yoqilğisi, tabiiy gaz va vodorod qöşilgan aralaşmalarda işlaşga moslaştirilgan köp yoqilğili energetika qurilmalari örnatiladi.

Bunday yeçim kema korpusini qayta qurmasdan turli yonilğilardan foydalaniş imkonini berişi kerak. Vodorod aralaşmalariga moslik esa kelajakda yonilği taʼminoti va tegişli infratuzilma rivojlanişiga qarab, stansiyalarning işlaş usulini özgartiriş uçun şaroit yaratadi.