AQŞ prezidenti Barak Obama Vaşington ma'muriyati tomonidan Eron va Liviya, Yaqin Şarqdagi terrorçi guruhlar, Zimbabve hamda Venesuelaga nisbatan ayrim sanksiyalarni öz kuçida qoldirişga qaror qildi. Bu haqda Oq uy matbuot xizmati xabar qilgan.
Obamaning Eronga nisbatan sanksiyalarni saqlab qoliş böyiça qarorida aytilişiça, garçi rasmiy Tehron 2015 yilda Venada erişilgan kelişuv (yadro dasturining tinç mohiyati)ga amal qilayotgan bölsa-da, Eronning boşqa harakatlari AQŞning "milliy xavfsizligi va taşqi siyosatiga tahdid uyğotişda davom etmoqda".
Bundan taşqari, Barak Obama Liviyaga nisbatan favqulodda holat tartibini saqlab qoliş hamda ağdarilgan Muammar Qozzofiy oila a'zolari va hukumati vakillariga qarşi Amerika sanksiyalarini noma'lum muddatgaça uzaytiriş böyiça xulosa qilgan.
Rasmiy Vaşington mamlakatdagi "inson huquqlari buzilayotgani"ni vaj qilib, Venesuela hukumatining ayrim vakillariga nisbatan sanksiyalarni ham öz kuçida qoldirgan. Davlat rahbarining qarorida aytilişiça, bu mamlakatda "siyosiy muxolifat ta'qib qilinadi, matbuot çeklangan, zöravonliklar qöllaniladi".
Bundan taşqari, Oq uy rahbari Zimbabve hukumati a'zolariga nisbatan çeklovlarni ham saqlab qoliş böyiça xulosa çiqargan. AQŞ rahbari fikriça, ular Zimbabvedagi demokratik jarayonlarga tösiq bölmoqda.
Barak Obama, şuningdek, Yaqin Şarq muammosiga tinç yöl bilan barham beriş jarayoniga rahna solayotgan terrorçilarga nisbatan ham sanksiyalar muddatini uzaytirgan.












