Toşkent viloyati IIBning sayyor qabulxonasi 2017 yilning 11-12 yanvar kunlari viloyatning Örtaçirçiq tumanida böldi. Fuqarolar bilan muloqot davomida viloyat içki işlar organlari sohaviy xizmatlari vakillari huquq-tartibot masalalari böyiça qilingan murojaatlar joyida rasmiylaştirilib, ularga tölaqonli javob qaytariş yuzasidan tegişli xizmatlarga topşiriqlar berildi. Murojaatlarning mazmun-mohiyatidan kelib çiqib, ayrim fuqarolarni qiynayotgan muammolar şu yerning özida yeçimini topdi. Şuningdek, mahalliy hokimlik mutasaddilari, tuman prokuraturasi, tuman içki işlar bölimi va kommunal xizmatlarning rahbarlari iştirokida aholining boşqa ijtimoiy masalalardagi qiziqtirgan savollari tegişli tartibda örganib çiqildi. Fuqarolarga kamçiliklarni bartaraf etiş yuzasidan tuşuntirişlar berildi.
Bundan taşqari, Toşkent viloyati IIBning sayyor qabulxonasining Örtaçirçiq tumanidagi muloqoti mobaynida viloyat içki işlar organlari vakillari Örtaçirçiq tumani Ijtimoiy-iqtisodiyot kasb-hunar kolleji öqituvçi va öquvçilari bilan uçraşdilar.
Tadbirda sözga çiqqanlar tomonidan Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyevning 2016 yil 28 dekabrdagi “Jismoniy va yuridik şaxslarning murojaatlari bilan işlaş tizimini tubdan takomillaştirişga doir çora-tadbirlar töğrisida”gi Farmonidan kelib çiqib, har birimizning oldimizda turgan muhim vazifalar muhokama etildi. Davlat organlari faoliyatida “Xalq davlat idoralariga emas, davlat idoralari xalqimizga xizmat qilişi kerak”, degan hayotiy tamoyilni amalda qaror toptiriş, jismoniy va yuridik şaxslarning murojaatlari bilan işlaşning sifat jihatidan yangi tizimini joriy etiş nihoyatda ahamiyatli ekanligi ta'kidlab ötildi.
Samimiy ruhda bölib ötgan muloqot davomida öquvçi yoşlar özlariga kerakli bölgan tuşunça va bilimlarga ega bölişdi.












