Toşkent viloyati hududida joylaşgan avtomobil yöllarida maxsus avtomatlaştirilgan foto va video qayd etiş texnika vositalari yordamida yil boşidan buyon 97 mingdan ortiq qoidabuzarliklar aniqlandi.
Uşbu fotoradar yordamida hamda sodir etgan ma'muriy xuquqbuzarligi uçun tuzilgan ma'muriy bayonnomalar uçun belgilangan jarimalarni öz vaqtida tölamagan haydovçilardan Ma'muriy javobgarlik töğrisidagi kodeksning 3-moddasi, ya'ni ayb uçun javobgarlikning muqarrarligi prinsipiga asosan jarimalarni undiriş çoralari körilmoqda.
Bugun Nurafşon şahri, Zangiota, Örtaçirçiq, Yangiyöl va Yuqoriçirçiq tumanlarida Majburiy ijro byurosining xududiy bölimlari xodimlari bilan hamkorlikda, maxsus reydlar taşkil etildi.
Reydlar davomida “AUTO CON” moslamasi yordamida 332 nafar qarzdor haydovçi aniqlanib, ulardan 83 million 524 ming 760 söm jarima undirildi. Şuningdek, jarimalarni joyida tölay olmagan 38 nafar haydovçining transport vositalari jarima undirilgunga qadar jarima maydonlariga joylaştirildi.
Rustam Asqarov,
Toşkent viloyati IIBB YHXB matbuot bölinmasi boşliği

















