Janubiy Koreyada avj olgan korrupsiya mojarosining asosiy ayblanuvçisi Tsoy Sun Sil Konstitutsiyaviy sudning 16 yanvardagi majlisida guvoh sifatida qatnaşdi. Koreya Konstitutsiyaviy sudi, mamlakat prezidenti Pak Kin Xega nisbatan respublika parlamenti tomonidan qöllanilgan impiçmentni muhokama qiliş böyiça ilk majlisini ötkazgan. Eslatib ötamiz, Tsoy Sun Sil prezident Pak Kin Xe bilan yaqinligidan şaxsiy ğarazli maqsadlarini amalga oşiriş uçun foydalanişda gumon qilinmoqda. 

Yonxap agentligiga köra, Tsoy Sun Sil sudda körsatma berar ekan, prezidentning Seuldagi "Çxonvade" qarorgohida heç qaçon bölmagani va prezident Pak Kin Xe bilan munosabatlaridan heç qaçon şaxsiy maqsadlarida foydalanmagani haqida bayonot bergan. Şu bilan birga, u Pak Kin Xedan, prezident uçun liboslar xarid qiliş maqsadida pul olganini tasdiqlagan. 

Mamlakat OAV Pak Kin Xe kelişilgan narxda liboslar tiktiriş uçun Tsoy Sun Silga pul bergani haqida xabar qilgan edi. 

Koreya respublikasi Konstitutsiyaviy sudi yozgaça parlamentning prezident Pak Kin Xega e'lon qilgan impiçmentini tasdiqlaşi yoki Pak Kin Xening prezidentlik vakolatlarini tiklaşi kerak. 

2016 yil 9 dekabrida unga nisbatan işonçsizlik votumi – impiçment akti qöllanilgan edi. Prezident Tsoy Sun Silning davlat işlariga aralaşişiga yöl qöygani taxmin qilinadi. U öz ma'ruzalarini tahrirlaş uçun dugonasi Tsoy Sun Silga yuborgan va kadrlar tayinlaşda maslahatlaşgan.