Bloomberg dunyoning eng innovatsion iqtisodiyotlari reytingini taqdim etdi. Reyting tuzişda Bloomberg ekspertlari yetti mezonga asoslanişdi - tadqiqotlarga ketgan xarajatlar, YaIMning foizlardagi işlanmasi, YaIMdagi texnologik işlab çiqariş qiymati, sanoatdagi samaradorlik, mamlakatdagi yuqori texnologiyalar sektoridagi kompaniyalar soni, xizmatlar kölamining rivojlanganligi, professional tadqiqotçilar va patentlar soni.
Uşbu reytingda ğoliblikni qöldan boy bermagan Janubiy Koreya yana birinçi öringa sazovor böldi.
Ikkinçi örin işlab çiqariş körsatkiçlari yaxşilangan Şvetsiyaga nasib etdi, mamlakat ötgan yilgi natijaga nisbatan bir poğona yuqoriladi.
Uçinçi örinni Germaniya egalladi, mamlakat bu yil Şvetsiyadan farqli ölaroq, bir poğona pastladi.
Şveytsariya bir poğonaga kötarilib, törtinçi öringa munosib körildi.
Ikki poğona kötarilgan Finlyandiya esa bu yilgi reytingda beşinçi örinda qayd etildi.
Singapur öz örnini saqlab qolib, bu yil ham oltinçi örinni band etdi.
Yaponiya ötgan yilgi pozitsiyasini yöqotib, uç poğona pastladi va yettinçi örinni egalladi.
Bir poğonaga kötarilgan Daniya sakkizinçi örinda qayd etildi.
Töqqizinçi örinni bir pozitsiya pastlagan Amerika Qöşma Ştatlari band etdi.
Kuçli önlik röyxatiga ötgan yilgi reytingda 11-örinni egallagan Isroil davlati yakun yasadi.
Bloomberğning bu yilgi indeksida eng katta yöqotiş Rossiya hisobiga töğri keldi. Mamlakat ötgan yilgiga nisbatan 14 pozitsiya pastlagan. Bunga Rossiyaga nisbatan qöllangan sanksiyalar va boşqa bir qator omillar sabab bölgan.













