Hindiston törtinçi örinni saqlab qolgan, Janubiy Koreya esa beşinçi poğonani egallagan. Kuçli öntalikka Fransiya, Yaponiya, Buyuk Britaniya, Turkiya va Italiya ham kirgan.

Global Firepower böyiça eng kuçli 10 armiya va ularning PowerIndex körsatkiçi:

  1. AQŞ - 0,0741;
  2. Rossiya - 0,0791;
  3. Xitoy - 0,0919;
  4. Hindiston - 0,1346;
  5. Janubiy Koreya - 0,1642;
  6. Fransiya - 0,1798;
  7. Yaponiya - 0,1876;
  8. Buyuk Britaniya - 0,1881;
  9. Turkiya - 0,1975;
  10. Italiya - 0,2211.
Image

Uşbu tizimda indeks qança kiçik bölsa, mamlakatning harbiy salohiyati şunça yuqori baholanadi. Nazariy jihatdan eng yaxşi natija nol bölar edi, biroq loyiha mualliflari amaldagi formula böyiça unga erişib bölmasligini taʼkidlaydi.

Baholaşda harbiy xizmatçilar soni, qurol-yaroğ va texnika, moliyaviy imkoniyatlar, logistika, tabiiy resurslar hamda geografik şaroit hisobga olinadi. Qöşimça koeffitsiyentlar esa kiçik, ammo texnologik jihatdan rivojlangan davlatlarni yirik mamlakatlar bilan taqqoslaş imkonini beradi.

2026-yilgi hisob-kitobga aholining internet bilan qamrab olinişi ham kiritilgan. Aviatsiya, quruqlik va dengiz texnikasi, byudjetlar, portlar, aerodromlar, temiryöllar hamda avtomobil yöllariga oid maʼlumotlar yagona indeksda birlaştiriladi. U mamlakatning oddiy qurollar bilan quruqlikda, dengizda va havoda uruş olib boriş salohiyatini baholaydi.

Global Firepower bazasida AQŞ uçiş apparatlarining umumiy soni böyiça yetakçi: mamlakat uçun turli vazifalarni bajaruvçi 13 032 ta samolyot va vertolyot qayd etilgan. Amerika floti tarkibida 11 ta avianosets körsatilgan.

Rossiya böyiça esa 4 237 ta uçiş apparati va 5 630 ta tank keltirilgan. Loyiha hisobida mamlakat 3 603 ta öziyurar artilleriya tizimi bilan uşbu toifada birinçi örinda turadi.

Biroq texnika parkining umumiy soni uning barçasi bir vaqtning özida jangovar vazifaga tayyor ekanini anglatmaydi. Loyihada umumiy park va foydalanişga tayyor deb baholangan texnika alohida körsatiladi. Işonçli maʼlumot yetişmagan hollarda taxminiy hisob-kitoblardan foydalaniladi.