Jahon pölat işlab çiqaruvçilar assotsiatsiyasi - Worldsteel’ning World Steel in Figures 2026 maʼlumotnomasida mamlakatlarning töliq 2025-yildagi natijalari keltirilgan. Reyting 2026-yil uçun prognozni emas, ötgan yilda amalda işlab çiqarilgan pölat hajmini aks ettiradi.
Xitoyda 2025-yilda 960,8 million tonna pölat işlab çiqarilgan. Bir yil avval bu körsatkiç 1 milliard 5,1 million tonnani taşkil etgan edi. Işlab çiqariş qisqarganiga qaramay, mamlakatning boşqa davlatlardan ustunligi kattaligiça qolmoqda.

Hindiston esa pölat işlab çiqarişni 149,4 million tonnadan 164,9 million tonnaga yetkazgan. Bu 15,5 million tonna qöşimça mahsulot degani.
AQŞ 81,9 million tonna bilan uçinçi örinni egallagan. Yaponiya 80,7 million tonna pölat işlab çiqarib, törtinçi öringa tuşgan. Rossiya beşinçi, Janubiy Koreya oltinçi örinni saqlab qolgan. Turkiya esa Germaniyadan yuqorilagan.
2025-yilda eng köp pölat işlab çiqargan 10 davlat:
Xitoy - 960,8 million tonna;
Hindiston - 164,9 million tonna;
AQŞ - 81,9 million tonna;
Yaponiya - 80,7 million tonna;
Rossiya - 67,9 million tonna;
Janubiy Koreya - 62,2 million tonna;
Turkiya - 38,1 million tonna;
Germaniya - 34,1 million tonna;
Braziliya - 33,4 million tonna;
Eron - 32 million tonna.
Jahon böyiça umumiy işlab çiqariş 2024-yildagi 1 milliard 886,8 million tonnadan 2025-yilda 1 milliard 848,9 million tonnaga tuşgan. Bu qariyb 2 foizlik pasayişdir. Biroq vaziyat mamlakatlar kesimida farq qilgan: Hindiston va AQŞda ösiş kuzatilgan bölsa, Xitoy va Yaponiyada işlab çiqariş kamaygan.













