Qirğiziston poytaxti Bişkek yaqinida Boeing yuk samolyotining qulaşi oqibatida halok bölganlar soni 38 kişiga yetdi. Bu haqda «Interfaks» xabar bermoqda.
Qirğiziston soğliqni saqlaş vazirligi tomonidan berilgan ma'lumotga köra, 17 yanvar, seşanba kuni 38-insonning jasadi topildi. U samolyot ekipaji a'zosi bölişi mumkin.
Avvalroq, Bişkek yaqinida falokatga uçragan Boeing ekipajining törtinçi a'zosi jasadi topilgani xabar qilingandi.Turkiyaning ACT Airlines xususiy aviakompaniyasiga tegişli Boeing 747-400 samolyoti Bişkekdagi “Manas” xalqaro aeroportining uçiş-qöniş qismidan 1,5 km uzoqlikda falokatga uçragan. Samolyot aeroport yaqinidagi qişloq ustiga tuşdi. Buning oqibatida 32ta uy vayron böldi. Layner Gonkong-Bişkek-Istanbul reysi böyiça parvozni amalga oşirayotgan bölgan.












