Yangi arena 51 252 nafar tomoşabinga möljallangan bölib, futbol öyinlari va boşqa yirik sport tadbirlarini ötkaziş böyiça xalqaro talablar hisobga olingan holda barpo etilgan. Sakkiz qavatli inşoot anʼanaviy qirğiz ötovi şaklida qurilgan.

Binoning diametri 280 metr, balandligi esa 70 metrni taşkil etadi. Majmuaning umumiy maydoni 194,2 ming kvadrat metrga yetadi.

Majmuada bevosita stadiondan taşqari, rivojlangan tijorat va köngiloçar infratuzilma ham közda tutilgan. Bu yerda 23 ta restoran, 11 ta kafe, savdo markazi, supermarket, 48 ta dökon, 18 ta kiosk, törtta kinoteatr, sport zali, bolalar maydonçasi va ayvonlar joylaşgan. Tijorat obyektlari uçun qariyb 36 ming kvadrat metr maydon ajratilgan.

Uşbu obyektlar daromad keltirib, davlat byudjetiga qöşimça yuk bölmasdan, stadionni saqlaş xarajatlarini qoplaş imkonini berişi kutilmoqda.

Dastlab Bişkekda 30–35 ming tomoşabinga möljallangan ixçamroq stadion quriş rejalaştirilgan edi. Biroq keyinçalik loyiha qayta körib çiqildi: siğimi 51 mingdan ortiq öringa köpaytirildi, obyektning özi esa yirik köp funksiyali sport majmuasiga aylantirildi. Qurilişning yakuniy qiymati 386 million dollarni taşkil etdi.

«Bişkek Arena» allaqaçon yirik tadbirlarni qabul qila boşladi. 31-avgust kuni yangi stadionda VI Butunjahon köçmançilar öyinlarining oçiliş marosimi bölib ötdi.