AQŞ Federal maxfiy xizmati taşkilot içida irqiy kamsitişlarga yöl qöyilganiga doir iş böyiça kelişuvga erişiş maqsadida 24 mln dollar tovon tölaşga rozilik bildirdi. Bu haqda The Washington Post gazetasi yozmoqda.

Ma'lumotlarga köra, 100 nafardan ortiq qoratanli agent afroamerikaliklarning xizmat pillapoyalaridan kötarilişda huquqlari poymol qilinişi haqida guvohlik bergan. Naşrning yozişiça, 8 nafar ariza yozganlarning har biriga 300 ming dollardan tovon tölanadi. 

"Maxfiy uşbu iş böyiça barça ayblovlarni jiddiy qabul qilar ekan, taşkilot xizmat pillapoyasidagi ösiş böyiça adolatli va şaffoflik qoidasiga sodiq bölib qoladi", - deya maxsus xizmat vakili Ketrin Miloen sözlarini keltiradi gazeta.

AQŞ maxfiy xizmati 1865 yilda taşkil etilgan. U, asosan, Amerika pullari, qarz majburiyatlari va boşqa qimmatli qoğozlarni qalbakilaştirişga qarşi kuraşiş, prezident va boşqa muhim şaxslarni qöriqlaş, şaxsiy ma'lumotlar öğirlanişi va moliyaviy firibgarliklarni tekşiriş bilan şuğullanadi.