AQŞ prezidenti Barak Obama WikiLeaks taşkilotiga maxfiy ma'lumotlarini bergan Çelsi Menning (avval Bredli Menning)ga tayinlangan qamoq jazosi muddatini yengillaştirdi. Pentagon hujjatlarini taşkilotga topşirgani uçun Menning 35 yillik jazoni ötayotgan edi, deb yozgan ABC News Twitter sahifasida.
«Çelsi Elizabet Menning <...> Jazoni yengillaştiriş: qamoq jazosi 2017 yil 17 mayda yakunlanadi», — deyiladi Oq uy qarorida.
11 yanvar kuni Barak Obama Çelsi Menningni jazosi yengillaştirilişi mumkin bölganlar röyxatiga kiritgan edi.
AQŞ milliy xavfsizlik agentligining sobiq xodimi Edvard Snouden, öz navbatida, prezident Barak Obamaga Çelsi Menning jazo muddatini qisqartirgani uçun minnatdorlik bildirgan.
«Bu yerda biz öta jiddiylik bilan gapirişimiz lozim: Rahmat, Obama», — deb yozgan Snouden Twitter mikroblogida.
Bundan taşqari, Snouden Menning jazosi yengillatilişi uçun taşakkur bildirgan barçaga taşakkur bildirgan.












