Fransiya hukumati French Tech Visa dasturi işga tuşirilganini ma'lum qildi. Uning doirasida texnika sohasidagi xorijiy mutaxassislar özlari va oilasi uçun yengillaştirilgan tartibda viza olişlari mumkin. Bu haqda TechCrunch yozmoqda.
French Tech Visa loyihasi IT-sohasida işlovçi xorijliklar: startap asosçilari va xodimlari, mutaxassislar, Fransiyadagi startaplarga qöşilişni istovçilar, şuningdek investorlarga möljallangan.
Viza tört yilga beriladi, uni çözdiriş ham mumkin. Fransiya hukumati viza olgan inson va uning oila a'zolariga mamlakatda doimiy yaşaş hamda işlaşga ruxsat berilişini kafolatlaydi.
Bundan taşqari, hukumat Fransiyaning yetakçi yuzta startapi röyxatini tuzişni hamda bu kompaniyalardan har biriga French Tech Visa vizasini olgan xorijlik mutaxassisni işga joylaştirişni rejalaştirmoqda. Şu bilan bir qatorda, viza oluvçi uning muddati davomida tanlangan kompaniyada işlaş majburiyatiga ega emas.
Mamlakat hukumati dastur qaçondan işga tuşirilişiga aniqlik kiritmadi, loyiha saytida u yaqin orada joriy qilinişi aytilgan.
Ma'lumot uçun, Fransiyada ayni damda işbilarmonlar uçun 2015 yilda işga tuşirilgan French Tech Ticket dasturi bor. Bu loyiha iş vizalarini taqdim etiş, şuningdek jamoaning har bir a'zosiga 14 dan 28 ming yevrogaça grant ajratiş, bepul ofis va ma'muriy masalalar böyiça kömakni öz içiga qamrab oladi.











