AQŞlik ekspertlar CNN telekompaniyasining 19 yanvardagi syujyetini tanqid qilmoqdalar. Syujyetda AQŞning yangi prezidenti Donald Trampning öldirilişi mumkinligi taftiş qilib çiqilgan.
Telekanal bu syujyetda agar Tramp va vitse-prezident Mayk Pens 20 yanvardagi inauguratsiya marosimida öldirilsalar nima yuz berişini batafsil taftiş qilgan. "Agar bölğusi prezident va uning yaqin safdoşlari birinçi kuniyoq yer yuzidan yöq qilib yuborilsalar nima böladi?", deb savol bilan yuzlangan efirda boşlovçi Vulf Blittser. Reportaj muallifi Brayan Todd bu holatda Barak obamaning ma'muriyatidan kimdir prezident bölişi haqidagi xulosaga kelgan.
AQŞning içki xavfsizlik vazirligining sobiq xodimi, "Siyosat ortida" dasturi boşlovçisi Jastin Rassell OAV bekorga bunday "qiyomat qoyim ssenariysini" avj oldirayotgani va marosim risoladagidek ötişini aytmoqda.
"Bu marosimga içki xavfsizlik vazirligi, mudofaa vazirligi, huquq-tartibot muassasalari kuçlari jalb qilingan. Bu inauguratsiya hokimiyat biror-bir zöravonliksiz topşirilgan 55 inauguratsiyaning davomi. Ertangi tadbirda qiyomat qoyim ssenariysi yuz berişi haqidagi gaplar bu xom xayol, nosoğlom gaplardir. Bu yuz bermaydi", deb aytdi Rassell RIA “Novosti” axborot agentligiga. "Bu ssenariy yuz berişidan meni AQŞ prezidenti sifatida qasamyod qilişim ehtimoli kattaroqdir", deb qöşimça qildi mutaxassis.
AQŞning sobiq diplomati Jim Jetras bu "xayollarni" jiddiy qabul qiliş kerakligni aytmoqda. "Men bunday çayqovçiliklarni öta jiddiy qabul qilaman. Tramp bizning galaktikamiz tarixida yomonotliq qiliş böyiça eng ekstremal kampaniya markaziga tuşib qoldi. Agar insonni ma'nan yöq qilişning iloji bölmasa, unda keyingi çora – impiçment şaklidagi siyosiy qotillik bölişi mumkin va bu haqda gaplar allaqaçon boşlangan. Agar ma'nan ham, siyosiy yöl bilan ham yöq qilib bölmasa, unda keyingi qadam – jismonan yöq qiliş", deb hisoblamoqda mutaxassis. "Trampni yomonotliq qilişgandan taşqari, uning öldirilişi ssenariylari aql bovar qilmas narsani ham mumkinga aylantiradi. Yoki ruhiy beqaror odamlarga qandaydir ğoyalar berişi mumkin", deb qöşimça qildi Jetras.












