Janubiy Koreya madaniyat, sport va turizm vaziri Ço Yun Sun tergovçilar maxsus komissiyasining talabi bilan hibsga olindi. Bu hukumatdagi yuqori lavozimli şaxslarning korrupsiya bilan boğliq mojaro işi doirasida sodir böldi. U iste'foga çiqqan, deb xabar berdi Kiodo agentligi.
Ço Yun Sun prezident Pak Kin Xe hokimiyatiga qarşi bölgan san'at vakillarining “qora röyxatini” tuzişda gumon qilinmoqda. Unda 9400dan ortiq artistlar, musiqaçilar va madaniyat arboblari bölgan hamda ularga davlatning barça subsidiyalari hamda yordamini bermaslik maqsadida yaratilgan.
Şuningdek, sud prezident ma'muriyatining sobiq rahbarini hibsga oliş uçun order berdi.
Ço Yun Sun mamlakat tarixida öz xizmat vazifalarini bajarayotgan çoğida qölga olingan birinçi vazir böldi.
Janubiy Koreyada ötgan yilning kuzidan mamlakat prezidentining yaqin dugonasi Tsoy Sun Sil bilan boğliq korrupsiya mojarosi avj oldi. Huquqni muhofaza qiliş organlari uni heç qanday davlat lavozimlarini egallamay turib prezident tomonidan qabul qilingan siyosiy qarorlarga ta'sir ötkazganlik, şuningdek, öz mavqeidan foydanib Janubiy Koreya korporatsiyalaridan yirik mablağlarni tovlamaçilik yöli bilan talab qilişda gumon qilişmoqda.
Tsoy Sun Sil hibsga olingaç, prezident ham korrupsiya sxemalari va yirik biznesga bosimdan xabardor bölgani borasida gumonlar paydo böldi. Pak Kin Xega dekabr boşida impiçment e'lon qilindi. Ayni damda boş vazir Xvan Gyo An davlat rahbari vazifasini vaqtinçalik boşqarib turibdi.












