Pokistonning şimolidagi Kurram viloyati dehqon bozorida sodir etilgan portlaş qurbonlari soni 25 kişigaça oşdi, yana 90 ga yaqin kişi yaralangan, deb xabar bermoqda Los Angeles Times naşri.

Portlaş Paraçinar şahrida yuz bergan. Avval 21 kişi halok bölgani, 51 kişi yaralangani ma'lum qilingandi.

"21 yanvardagi bomba portlaşi oqibatida kamida 25 kişi halok böldi, 87 kişi yaralandi", deb ma'lum qilindi xabarda. 

Naşrda ma'lum qilinişiça, bomba bozordagi sabzavotlar konteyneriga yaşirib qöyilgan bölgan. Portlaş yuz bergan vaqtda bozorda odam gavjum bölgan. 

Ma'lumotlarga köra, portlaş uçun javobgarlikni birdaniga ikkita – "Laşkar-a Jangaviy" va "Tahriq-a Tolibon Pokiston" radikal guruhlari öz zimmalariga olgan.